O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Jamshid Abduhakimovich Xodjayev Bosh vazirning investitsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari va tashqi iqtisodiy aloqalar – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Jamshid Xo‘jayev bu lavozimga tayinlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligini boshqargan. Ushbu lavozimga qadar u 2017-yildan 2019-yilgacha tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat olib borgan.
Bundan avval, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab, g‘aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihalarni moliyalashtirish va boshqa bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirgan.
Shuningdek, u Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligi inspektsiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil qilish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini rivojlantirish jamg‘armasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ishlagan. Jamg‘armaning resurs bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.
2021-yil 10-sentabrdan Jamshid Xo‘jayev Toshkent davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun: Jamshid Xo‘jaev 1979-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Eslaib o‘tamiz, shu vaqtgacha Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritgan Sardor Umurzoqov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari etib tayinlandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!