Keyingi yozgi transfer oynasi Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Jude Bellinghem uchun hal qiluvchi davr boʻlishi mumkin.
Ispaniyaning Marca nashri xabariga koʻra, futbolchi uchun Madridning “Real” va “Liverpul” klublari oʻrtasidagi kurash davom etadi.
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp iqtidorli yarim himoyachining oʻyini haqida bir necha bor hayrat bilan gapirgan. “Real Madrid” esa uni Luka Modrichga oʻrinbosar sifatida koʻrmoqda.
Bellinghemning nemis klubi bilan shartnomasi 2025-yilda tugaydi, biroq ispan jurnalistlari uning shartnoma muddati tugashidan ancha oldin “Borussiya”ni tark etishiga ishonch hosil qilishmoqda.
Maʼlumot uchun, oʻtgan mavsum futbolchi Bundesligada 32 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!