$
12943.39 UZS
-9.81
153.70 UZS
2.57
14108.30 UZS
50.19
25° Kechasi 10°

“Respublikada shakar tanqisligi mavjud emas” – shakar narxining oshishi yuzasidan munosabat bildirildi

11:12 / 02.06.2022

Ijtimoiy tarmoqlarda respublika bozorlarida shakar narxining oshishi yuzasidan ko‘plab xabarlar tarqalmoqda. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, tashqi va ichki bozorlarda shakar narxining o‘zgarish dinamikasi va unga taʼsir qiluvchi omillar haqida to‘xtalgan.

Qayd etilishicha, Davstatqo‘m bugungi kunda ichki bozorda 1 kg shakarning o‘rtacha narxi 9 500 – 13 000 so‘m doirasida shakllanayotgani, shuningdek, ayrim savdo nuqtalarida shakar narxining 14 000 so‘mgacha ko‘tarilgani haqida maʼlumot bergan.

Shu bilan birga, qo‘shni va boshqa MDH mamlakatlarida shakar narxi 52 foizga (so‘m ekvivalentida qo‘shni mamlakatlarda 14 000 so‘mdan 21 000 so‘mgacha) o‘sishi bilan bir qatorda, ushbu mahsulot taqchilligi bilan bog‘liq muammo va xatarlar yuzaga kelayotganligi kuzatilayotgani qayd etildi.

“Qo‘shni va boshqa MDH mamlakatlarida narxlarning oshishi, o‘z navbatida, O‘zbekiston ichki bozorida aholi va tadbirkorlar o‘rtasida ham shakar narxi bo‘yicha inflyatsion kutilmalarning kuchayishiga maʼlum maʼnoda taʼsir ko‘rsatuvchi omillardan bo‘ldi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining mintaqa va boshqa davlatlar iqtisodiyotlari bilan tashqi savdo borasida hamkorlikning kengayib va erkinlashib borishi holatida mamlakat ichidagi narxlarni qo‘shni davlatlardagiga nisbatan keskin farq qiluvchi darajada saqlab turishning deyarli imkoni bo‘lmaydi”, – deyiladi munosabatda.

Xususan, joriy yilda O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish hajmi yanvar-may oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 ming tonna yoki 16 foizga ko‘proqni (224 ming tonnadan 259 ming tonnagacha oshgan), yaʼni taklif hajmi oshganligiga qaramay (birja orqali sotilgan hajm 177 ming tonnadan 186 ming tonnagacha ko‘paygan) shakar narxi, asosan, tashqi omillar taʼsirida o‘sishi kuzatilgan.

Vazirlik izohida aytilishicha, respublikada shakar tanqisligi mavjud emas va ichki bozorni yil yakuniga qadar shakar bilan to‘yintirish bo‘yicha barcha zaxiralar yaratilgan.

Jumladan, shakarga bo‘lgan talabning mavsumiy oshishi sharoitida (meva-sabzavotlarni konservatsiya qilish mavsumi) narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida birja savdolariga chiqariladigan shakar hajmi joriy yil iyun oyidan boshlab 50 foizgacha oshiriladi. Birjadagi savdolarga qo‘yilayotgan shakar hajmi amaldagi 2 000 tonnadan 3 000 tonnagacha oshiriladi.


Bu ham qiziq

Poytaxt aholisidan nosoz yo‘llarni shaxsiy tashabbus bilan ta’mirlamaslik so‘raldi

Poytaxt aholisidan nosoz yo‘llarni shaxsiy tashabbus bilan ta’mirlamaslik so‘raldi

Ijtimoiy tarmoqlarda so‘nggi kunlarda aholining yo‘llardagi chuqurlarni o‘zlari to‘ldirayotgani tasvirlangan videolar tarqal…
12:05 / 18.03.2025
G‘arb davlatlari Ukrainaga 10 ming nafardan ortiq tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor

G‘arb davlatlari Ukrainaga 10 ming nafardan ortiq tinchlikparvar kuchlarini yuborishga tayyor

Nashr suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, kontingent soni 10 ming kishidan oshadi, tinchlikparvar kuchlarning asosi…
22:57 / 16.03.2025
Toshkentda janjal chiqarib, bir necha kishini kaltaklagan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Toshkentda janjal chiqarib, bir necha kishini kaltaklagan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida A.Shukurov Qozog‘iston Respubl…
08:27 / 18.03.2025
Xotin-qizlarga 100 million so‘mgacha kredit beriladi

Xotin-qizlarga 100 million so‘mgacha kredit beriladi

“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaror…
22:01 / 17.03.2025
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit beriladi

“Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaror…
11:40 / 17.03.2025
Majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

Majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz berish holatlari yuzasidan xabarlar tarqald…
11:25 / 18.03.2025
Ilzat Qosimov: “Xitoylik investorlar O‘zbekistonga xavf solayotgani yo‘q”

Ilzat Qosimov: “Xitoylik investorlar O‘zbekistonga xavf solayotgani yo‘q”

O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov Xitoy investorlarining mamlakat iqtisodiyotiga…
09:24 / 17.03.2025
Bugun Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi

Bugun Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi

Belgilangan me’yorlarga ko‘ra, isitish mavsumi o‘rtacha sutkalik havo harorati +8 darajadan yuqori bo‘lgan 5 kunlik davr tug…
10:19 / 18.03.2025
Farg‘onada noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Farg‘onada noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilo…
18:20 / 17.03.2025
Toshkentdagi tungi klubda janjal yuzaga keldi

Toshkentdagi tungi klubda janjal yuzaga keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tungi klubda erkak kaltaklandi” sarlavhasi ostidagi tarqalgan videoga Toshkent shahar IIB rasmiy munos…
08:48 / 17.03.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!