XXR raisi Si Szinpin rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro vaziyat va uchinchi tomonlarning pozitsiyasidan qat’i nazar rivojlanib borishini aytgan.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, ikki mamlakat rahbarlarining telefon orqali suhbati Rossiya-Ukraina urushi boshlanganining 3 yilligida bo‘lib o‘tgan.
Xitoy xalq Respublikasi raisi Si Xitoy-Rossiya munosabatlari “kuchli ichki dinamika” va “noyob strategik ahamiyatga ega” ekanligini ta’kidlab: “Xalqaro vaziyat qanchalik o‘zgarmasin, Xitoy-Rossiya munosabatlari o‘z yo‘lida barqaror ravishda oldinga siljiydi”, – degan.
Shuningdek, Xitoy-Rossiya munosabatlari uchinchi tomonga qarshi emasligini va uchinchi tomon tomonidan buzilishi mumkin emasligini ta’kidlab, Si Szinpin tomonlar “ikki mamlakat taraqqiyoti” va “xalqaro munosabatlar”ga hissa qo‘shishini ta’kidlagan.
Muloqotda Xitoy rahbari Ukraina inqirozini hal qilishning 4 tamoyilini taklif qilganini ham eslab o‘tgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!