$
12675.00 UZS
4.95
138.36 UZS
0.36
13616.75 UZS
56
26° Kechasi 15°

Rossiya va Turkiyadan keltirilgan qalbaki AQSh dollarlari aniqlandi

11:51 / 23.12.2023

DXX tomonidan qalbaki xorijiy valyuta kupyuralari aniqlangan. Birinchi holatda Surxondaryo viloyatida yashovchi shaxs 50 AQSh dollari kupyuralaridan iborat bo‘lgan qalbaki 19 250 AQSh dollarini haqiqiy 10 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Rossiya Federatsiyasidan olib kelingan ushbu qalbaki kupyuralarni Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqarodan kelgusida o‘tkazish maqsadida sotib olganligi aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.

Ikkinchi holat Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 2 nafar shaxs bilan sodir bo‘lgan. Ular qalbaki 500 ming AQSh dollarini xaridor bilan haqiqiy 325 ming AQSh dollariga ayirboshlashga kelishib, dastlab unga namuna sifatida Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan 100 AQSh dollari kupyuralaridan iborat qalbaki 7600 AQSh dollarini haqiqiy 5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan “Erkin” YPX maskanida Lasetti avtomashinasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan Buxoro shahrida yashovchi, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxsning yonida 100 AQSh dollari kupyuralaridan iborat qalbaki 8900 AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Maʼlum bo‘lishicha, mazkur fuqaro Turkiyada tayyorlanib, Qirg‘iz Respublikasi orqali O‘zbekistonga olib kelingan ushbu qalbaki xorijiy valyutlarni kelgusida sotib, daromad topish maqsadida Toshkent shahriga kelayotgan bo‘lgan.

Bunday holatda xorijiy valyuta bilan muomala qiluvchi fuqarolarga ehtiyot bo‘lishi hamda ishonchli ayirboshlash xizmatlaridan foydalanish tavsiya etiladi.


Bu ham qiziq

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

Oʻzbekiston xalq baxshisi Chori baxshi Umirov 86 yoshda vafot etdi

2017-yili davlatimiz tomonidan Chori baxshi Umirovga “Oʻzbekiston Xalq baxshisi” unvoni berilgan.
10:16 / 05.05.2024
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar ko‘pligi aniqlandi

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar ko‘pligi aniqlandi

2024-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, ularning soni 14 226 tani tashkil etadi.
14:44 / 04.05.2024
Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Baxt va saodat topishning bir yo‘li

Qissadan hissa chiqaring.
15:32 / 05.05.2024
Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024
Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan.
14:32 / 04.05.2024
Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Endi istalgan qon guruhini 1-guruh qoniga aylantirish mumkin

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.
14:33 / 05.05.2024
Bugun, 5-may kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Bugun, 5-may kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 5-may kuni Toshkentda havo biroz bulutli…
08:45 / 05.05.2024
Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Natijada “Qizil” filmi xarajatlari 200 million dollardan 250 million dollarga oshib ketdi.
16:50 / 05.05.2024
Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
12:41 / 05.05.2024
OAV: Oq uy yil boshidan beri Baydenning izohlarini deyarli 150 marta tuzatdi

OAV: Oq uy yil boshidan beri Baydenning izohlarini deyarli 150 marta tuzatdi

O‘zgarishlar ismlar, sanalar va tashkilot nomlariga tuzatishlarni o‘z ichiga oladi.
14:58 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!