$
12275.58 UZS
-11.73
159.09 UZS
0.26
14591.98 UZS
-52.04
31° Kechasi 18°

Rossiyada 31 nafar o‘zbekistonlik talabaga nisbatan ma’muriy jazo bekor qilindi

12:18 / 18.12.2025

“Ombudsmanlar hamkorligi natijasida Rossiyadagi 31 nafar o‘zbekistonlik talabaga nisbatan qo‘llangan ma’muriy jazo bekor qilindi”, – deb xabar bermoqda Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazilgan. Qabul davomida Rossiyadagi “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universiteti (NIU VSHE)da tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaning murojaati ham qabul qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, universitet ma’muriyati tomonidan talabalarning migratsiya hisobiga turish uzaytirilishi qoidalari to‘g‘risida vakolatli organlarga o‘z vaqtida ma’lumot berilmagan. Oqibatda talabalar Rossiya hududida 90 kundan ortiq qolib ketgan va migratsiya qoidalari buzilgan deb baholanib, talabalarning xabariga ko‘ra, 40 ming rubl miqdorida jarima to‘lash talab qilingan.

So‘ng holat Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili tomonidan nazoratga olinib, Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati bilan hamkorlikda tekshiruv o‘tkazilgan.

“O‘rganish natijalariga ko‘ra, chet ellik talabalarning vaqtincha turish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Shuningdek, hududiy ichki ishlar organlariga ushbu talabalarga nisbatan jarima solish yoki Rossiya hududidan ma’muriy chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazo choralarini istisno tariqasida qo‘llamaslik bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, deyiladi ombudsman xabarida.

Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu ish ortidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus davlatlaridan kelib ta’lim olayotgan 200 dan ortiq talabaning ham muammosi ijobiy yechim topgan.

 


O‘zbekiston


														
														15-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sha…
17:57 / 14.02.2026

														
														Samarqandda fuqaro tomonidan 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Samarqandda fuqaro tomonidan 1 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 72 million so‘m…
17:39 / 14.02.2026

														
														Pensiya jamg‘armasi o‘zbekistonliklarni firibgarlardan ogohlantirdi

Pensiya jamg‘armasi o‘zbekistonliklarni firibgarlardan ogohlantirdi

Ayni kunlarda telefon orqali pensiya yoshidagi fuqarolarga notanish raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qilinib, ularning pensiyalari…
16:16 / 14.02.2026

														
														Toshkent viloyatida Lada va Damas to‘qnashib ketdi

Toshkent viloyatida Lada va Damas to‘qnashib ketdi

“Natijada, transport vositasida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan”, – deyiladi x…
12:51 / 14.02.2026

														
														Samarqandda Turkiyaga fohishalikka ketayotgan ikki nafar ayol ushlandi

Samarqandda Turkiyaga fohishalikka ketayotgan ikki nafar ayol ushlandi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida odam savdosi bilan bog‘liq ji…
11:35 / 14.02.2026

														
														Xorazmdagi “dom”da 9,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘marildi

Xorazmdagi “dom”da 9,8 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘marildi

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida filial komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tart…
10:23 / 14.02.2026

														
														Andijondagi narkolaboratoriyada 1 mln dollarlik giyohvandlik vositalari aniqlandi

Andijondagi narkolaboratoriyada 1 mln dollarlik giyohvandlik vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Toshkent viloyati Bojxona boshqar…
09:46 / 14.02.2026

														
														Forish tumanida 30 ga yaqin xonadonni suv bosdi

Forish tumanida 30 ga yaqin xonadonni suv bosdi

Bugun, 14-fevral kuni soat 04:53 da Jizzax viloyati, Forish tumanida kuzatilgan qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natij…
09:20 / 14.02.2026

														
														Prezident avtokredit stavkalarini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident avtokredit stavkalarini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Shuningdek, avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 510 ming donaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
17:51 / 13.02.2026

														
														Prezident Ramazon oyida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi

Prezident Ramazon oyida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi

Qayd etilishicha, yaqinlashib kelayotgan Ramazon oyida O‘zbekistondagi dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonl…
17:20 / 13.02.2026

Bu ham qiziq

Andijondagi narkolaboratoriyada 1 mln dollarlik giyohvandlik vositalari aniqlandi

Andijondagi narkolaboratoriyada 1 mln dollarlik giyohvandlik vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari hamda Toshkent viloyati Bojxona boshqar…
09:46 / 14.02.2026
Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

“11-fevralga o‘tar kechasi bortida yurtdoshlarimiz bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi”, deb xabar…
17:41 / 12.02.2026
Japarov Tashiyevni ogohlantirganini aytdi

Japarov Tashiyevni ogohlantirganini aytdi

“Do‘stligimizni qandaydir lavozim yoki manfaatlar bilan bog‘lash noto‘g‘ri”, – dedi Sadir Japarov.
10:24 / 13.02.2026
Akbar Sultonov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimidan ozod etildi

Akbar Sultonov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi lavozimidan ozod etildi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani, pastga tushib ishlamaganini tanqid…
15:38 / 13.02.2026
Portugaliyada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga cheklov joriy etiladi

Portugaliyada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarga cheklov joriy etiladi

Kirish cheklovlari Instagram, Facebook yoki TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarni qamrab oladi.
17:31 / 13.02.2026
14-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

14-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin.
16:01 / 13.02.2026
Istanbul konsulxonasi Ergashaliyevaning o‘limi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Istanbul konsulxonasi Ergashaliyevaning o‘limi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

23-yanvar kuni T.D. va K.G. o‘zaro til biriktirib Ergashaliyevani avval pichoq bilan o‘ldirib, tanani bir necha qismlarga bo…
11:59 / 13.02.2026
Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-fevral kuni imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o‘zgart…
15:51 / 12.02.2026
Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi

Nodirbek Abdusattorov Jahon chempionati yarim finaliga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik shaxmat ustasi Nodirbek Abdusattorov Germaniyaning Vayzenxaus shahrida bo‘lib o‘tayotgan fristayl bo‘yicha Ja…
14:56 / 14.02.2026
O‘zbekistonda 13-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekistonda 13-fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mum…
14:22 / 12.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!