$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Rossiyada mehnat muhojirlari uchun bugundan boshlab yangi qoidalar kuchga kirdi

12:46 / 29.12.2021

Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan xorijliklar hamda mehnat muhojirlari uchun amal qiluvchi yangi qoidalarga hujjat bugun, 29-dekabrdan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasiga mehnat faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda 90 kalendar kundan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari mamlakatga kirgan kundan boshlab ushbu muddat ichida barmoq izini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishi majburiydir.

Shuningdek:

– Rossiyaga 90 kundan ortiq muddatga kelgan mehnat muhojirlari va xorijliklar OIV, giyohvandlik va bir qator yuqumli kasalliklar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishlari shart.

Tibbiy ma’lumotnomalar 3 oy ichida Rossiya Ichki ishlar vazirligiga topshirilishi kerak, ular bir yil davomida amal qiladi, keyin testlar qayta topshiriladi.

OIV testini Rossiya hududida topshirish kerak.

– chet el fuqarolari suratga olish va barmoq izlarini olishlari shart. Bunda 90 kundan ortiq muddatga kelganlar – kirgan kundan boshlab 90 kun ichida, mehnat muhojirlari esa – 30 kun ichida yoki ishlash uchun hujjatlarni olgandan keyin.

Buning uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligining hududiy organi, tasarrufidagi korxona yoki vakolatli tashkilotga shaxsan murojaat qilinadi.

– Biometrik ma’lumotlarning yetkazib berilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, iloji bo‘lsa, chipli karta ko‘rinishida beriladi – u yerda ism-sharif, tug‘ilgan sana, jinsi, fuqaroligi va pasport ma’lumotlari qayd etiladi. Shuningdek, fotosurati va barmoq izlarining tasviri ham bo‘ladi.

Mehnat patentlari ham migrantlarga biometrik ma’lumotlarga ega elektron chipli kartalar ko‘rinishida beriladi.

Kartaning old tomonida egasining fotosurati, uning ismi-sharifi, tug‘ilgan yili, fuqaroligi, pasport raqami va kasbi, orqa tomonida esa ish joyi hamda patent berilgan joy va sana, chipda egasining biometrik ma’lumotlari, ya’ni yuzining elektron tasviri va barmoq izlari bo‘ladi.


Bu ham qiziq

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!