“Rossiyaning Novosibirsk shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan 8 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarildi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.
Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30-iyuldan 30-avgustgacha e’lon qilingan “Vatanga qaytarish” tadbiri doirasida O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilgan.
Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida fuqarolar uchun aviachiptalar xarid qilingan.
Ular joriy yilning 20-avgust kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Novosibirsk-Toshkent” reysi bilan O‘zbekistonga kuzatib qo‘yilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!