$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
36° Kechasi 23°

“Avaza”da Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

18:23 / 22.08.2025

“Avaza” milliy turizm zonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Savdo-iqtisodiyot, transport-kommunikatsiya, energetika va gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari so‘zining avvalida Gurbanguli Berdimuhamedovni avgust oyi boshida BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor samimiy tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyevni yaqinda Vashington shahrida Armaniston bilan tinchlik deklaratsiyasi imzolangani bilan ham dildan qutladi.

Shavkat Mirziyoyev ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qator aniq takliflarni bildirdi.

Uch davlatning ulkan tranzit salohiyatini to‘liq ishga solish muhimligi qayd etildi.

Amaldagi va istiqbolli yo‘laklarning tutashuvi Xitoyni mamlakatlarimiz hududlari orqali Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog‘laydigan barqaror va samarali transqit’aviy yo‘nalishni shakllantirish imkonini berishiga ishonch bildirildi.

Hozirgi kunda Xitoy-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlangan. Bundan tashqari, yaqinda Pokiston va Afg‘oniston bilan Transafg‘on yo‘lagini qurish loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi.

Yangi yuk oqimlari, eng avvalo, Ozarbayjon, Turkmaniston va O‘zbekiston infratuzilmasidan samarali foydalanishni ta’minlashi qayd etildi.

O‘rta marshrutni, shu jumladan Zangezur yo‘lagini rivojlantirish borasidagi rejalar ham qo‘llab-quvvatlandi.

Eng muhim masalalarni birgalikda ekspertlar darajasida ishlab chiqishga kirishish taklif qilindi.

Bu - o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish, shu jumladan Turkmanboshi va Boku portlarida zamonaviy logistika infratuzilmasini yaratish, kelishilgan tarif siyosatini yuritish, tartib-taomillarni raqamlashtirish va yuklar nazoratini ta’minlash masalalaridir.

O‘zbekiston asosiy bozorlarga biznes uchun eng qisqa va manfaatli chiqishni ta’minlash maqsadida yuk tashish tariflarini o‘zaro asosda pasaytirishga tayyorligi bildirildi.

Bundan tashqari, sa’y-harakatlarni birlashtirish logistika infratuzilmasini rivojlantirishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan donor davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan pragmatik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini berishi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Kaspiy dengizi orqali yuklarni tashish uchun o‘z parom quvvatlarini yaratishdan manfaatdorligi bildirildi.

Energetika xavfsizligini ta’minlash maqsadida kooperatsiyani chuqurlashtirish va energiya resurslarini uchinchi mamlakatlarga eksport qilish yo‘laklarini rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Bu borada Yevropaga “yashil” energiya yetkazib berishni tashkil etish loyihasi istiqbolli ekani ta’kidlandi.

An’anaviy uglevodorodlar borasida Kaspiy shelfida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va konlarni o‘zlashtirish sohasida hamkorlik istiqbollarini o‘rganish taklif etildi.

Tovar ayirboshlashni va sanoat kooperatsiyasi ko‘lamini tubdan oshirish yana bir ustuvor yo‘nalish sifatida qayd etildi. Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekistonning Turkmaniston va Ozarbayjon bilan o‘zaro savdo hajmi 2 barobarga oshdi. Tovar ayirboshlash tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi 40 foizga yetdi.

Barqaror savdo-logistika zanjirlarini rivojlantirish, ulgurji-taqsimot markazlarini tashkil etish va yirik savdo tarmoqlariga chiqish, fitosanitariya va karantin talablarini unifikatsiya qilish, mahsulotlarni raqamli markirovkalashni joriy qilish, qo‘shma elektron platformalarni ishga tushirish va tovar-xomashyo birjalari kooperatsiyasini kengaytirishni nazarda tutadigan kompleks harakatlar rejasini birgalikda tayyorlash taklif qilindi.

Savdo-sanoat palatalari shafeligida ko‘rgazma-yarmarka tadbirlari va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazish orqali uch mamlakat hududlarini ushbu jarayonlarga faol jalb qilish taklif qilindi.

Gumanitar aloqalarni kengaytirish doirasida mamlakatlarimiz va uchinchi davlatlardan sayyohlar oqimini ko‘paytirish, xalqlarimizning boy madaniy merosi mushtarakligi, an’ana va urf-odatlari yaqinligini namoyish etish imkonini beradigan turizm va madaniy almashinuvlarning uch tomonlama dasturini qabul qilish taklif qilindi.

Yakunda Shavkat Mirziyoyev ilgari surilgan tashabbuslar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash, shuningdek, asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha vazirlarning qo‘shma uchrashuvlari mexanizmini ishga tushirishni taklif qildi.


Siyosat


														
														“Avaza”dagi uch tomonlama uchrashuv yakunida qo‘shma bayonot imzolandi

“Avaza”dagi uch tomonlama uchrashuv yakunida qo‘shma bayonot imzolandi

Sammit yakunida muhim hujjatlar qabul qilindi
18:59 / 22.08.2025

														
														“Avaza”da Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Avaza”da Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
18:23 / 22.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev ertaga amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev ertaga amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Avaza shaharchasida Turkmaniston, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida 3 tomonlama sammit tashki etilishi ko‘zda tutilgan
19:38 / 21.08.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Pokiston armiyasining generalini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston armiyasining generalini qabul qildi

Uchrashuvda bir qator muhim masalalar, xususan, transafg‘on temiryo‘li loyihasini tez fursatda amalga oshirishga kelishish m…
21:06 / 19.08.2025

														
														Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Eron TIVning o‘rinbosari bilan uchrashdi

Prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Eron TIVning o‘rinbosari bilan uchrashdi

Mazkur uchrashuvda asosan Afg‘oniston bo‘yicha masalalar muhokama qilindi
21:23 / 15.08.2025

														
														“O‘zatom” delegatsiyasi Belarus AES faoliyati bilan tanishdi

“O‘zatom” delegatsiyasi Belarus AES faoliyati bilan tanishdi

Belarus AES vakillari ikki tomonlama hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi
21:24 / 07.08.2025

														
														O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortib bormoqda

O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ortib bormoqda

Ўзбекистонда Германия капитали иштирокидаги корхоналар сони ортиб бормоқда
19:48 / 07.08.2025

														
														Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Avazadagi konferensiya doirasida davlat rahbarlari madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar

Davlat rahbarlari Avazadagi milliy pavilonlarni borib ko‘rdilar
21:54 / 05.08.2025

														
														Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

Avaza shahrida Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhammedov o‘zaro uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklikni kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
19:01 / 05.08.2025

														
														Turkmanistonga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

Turkmanistonga yetib borgan Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhammedov bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
20:36 / 04.08.2025

Bu ham qiziq

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat i…
19:30 / 22.08.2025
Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Seul Munda 17 yoshli bola cho‘kib ketdi

Hozirda “Bo‘rijar”da Respublika FVV tomonidan qidiruv ishlari olib borilayotgani bildirildi.
12:16 / 22.08.2025
UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

UFC vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli jangchilar(P4P) ro‘yxatini e’lon qildi

Hamzat Chimayev eng ko‘p yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi
18:47 / 21.08.2025
Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Yangi o‘quv yili 3-sentyabrdan boshlanadi

Bunda OTMl va litseylarning 1-kurslariga qabul qilinganlar shu sanadan o‘quv yilini boshlaydi
20:51 / 22.08.2025
Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Toshkentda 50 sotix yerni 4 mln AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Tergov harakatlari doirasida ularning jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiri…
15:48 / 22.08.2025
22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:48 / 21.08.2025
Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti Ozarbayjonda o‘tadi

Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti Ozarbayjonda o‘tadi

Ozarbayjon OAV ma’lumotiga ko‘ra, sammit 6–7-oktyabr kunlari Gabala shahrida bo‘lib o‘tadi.
16:30 / 22.08.2025
Buxoroda “O‘zbek noni uyi” ochildi

Buxoroda “O‘zbek noni uyi” ochildi

“O‘zbek noni uyi” Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Ushot sayyohlik qishlog‘ida joylashgan.
17:19 / 21.08.2025
AQSh Davlat departamenti xorijlik amaldagi viza egalarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadi

AQSh Davlat departamenti xorijlik amaldagi viza egalarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadi

Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda deportatsiya masalasi ham ko‘rib chiqiladi
20:43 / 22.08.2025
O‘qishni ko‘chirish uchun talabgorlardan apellyatsiyalarni qabul qilish boshlandi

O‘qishni ko‘chirish uchun talabgorlardan apellyatsiyalarni qabul qilish boshlandi

Apellyatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi
22:45 / 21.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!