Rossiyada qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Irkutskdagi “Русал Комплектация”, Ufadagi “Гурьевский рынок”, “Проектстройкомплекс”, Tuladagi “Промсорт туда”, “Линк Промоборудование”, “ЮнайТекс”, “Щёкинский завод КВОиТ”, Sankt-Peterburgdagi “Карат Плюс”, “Опора Инжиниринг” va Krasnodar, Astraxandagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Sankt-Peterburg, Perm va Novosibirskda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan yurtdoshlarimiz Perm-Namangan, Sankt-Peterburg-Urganch yo‘nalishidagi aviareyslar orqali Vatanga qaytarildi.
Volgograd, Voronej, Yekaterinburg va Nijnevartovskda ishlayotgan yurtdoshlarimizga huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!