$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Rus matbuoti Qozog‘istondagi voqealarni o‘zgacha ishtiyoq bilan yorityapti...”

13:40 / 05.01.2022

Joriy yilning 2-yanvarida Qozog‘istonning Mangistau viloyatida gaz narxlarining oshirilishi munosabati bilan boshlangan ommaviy namoyish 4-yanvarga kelib mamlakatning g‘arbiy va markaziy viloyatlarigacha yoyildi.

Qozoqlar dastlab gaz narxining tushirilishini talab qilgan bo‘lsa, namoyish va mitinglar ko‘lamini kengayishi fonida talablar ham siyosiylashib ketdi: xalq Hukumat iste’fosini hamda Elboshi – Nursulton Nazarboyevning siyosatdan ketishini talab qila boshladi.

Kecha kechqurun Hukumat gaz narxini tushirganini e’lon qildi, bugun tongda esa mamlakat prezidenti Asqar Mamin boshchiligidagi Hukumatni iste’foga chiqarganini e’lon qildi.

Shuningdek, bugun erta tongdan Mangistau viloyati va Olmaota shahrida 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etildi.

“Rus matbuoti Qozog‘istondagi voqealarni o‘zgacha ishtiyoq bilan yorityapti...”

Mazkur voqea MDH davlatlari, jumladan, rus matbuoti tomonidan faol yoritib borilmoqda.

Iqtisodchi-bloger Otabek Bakirov ushbu holatga e’tibor qaratib, rus matbuotining Qozog‘istondagi voqealarni “o‘zgacha ishtiyoq bilan” yoritayotganini yozadi.

“Bo‘layotgan voqealarda albatta ichki omil va yo‘l qo‘yilgan xatolar asosiy, lekin tashqi triggerni esdan chiqarmaslik lozim.

Kreml nazorati ostidagi OAVlar, garchi Rossiyada uzun ta’til bo‘lishiga qaramay, voqealarni faol, hatto ishtiyoq bilan yoritayetgani sergaklantiradi”, – deya xavotirini bildiradi Bakirov.

Shuningdek, bloger gaz narxining ko‘o‘tarilishi voqeasida qozoq xalqi nega Nazarboyevni aybdor qilyapti, degan savolni o‘rtaga qo‘yadi.

“Aloqasi bor. Gaz monopolisti Kaztransgazga Dariga Nazarbayevaning fuqaroviy eri Qayrat Sharipbayev boshchilik qiladi.

Hech bir muloqot va kelishuvlarsiz gaz narxlarini oshirish harakatida Xalq Nazarboyevning qo‘lini ko‘rayapti”, – deb yozadi Otabek Bakirov.

Shuningdek, yana bir jamoatchilik faoli Xushnudbek Xudoyberdiyev ham qo‘shni davlatda kuzatilayotgan voqea-hodisalarga munosabat bildirib, qardosh qozoq xalqiga tinchlik tilashini, ko‘tarilgan masalalar tezroq o‘z yechimini topib, tashqi dushmanlarga qo‘l keladigan urush-janjallar barham topishini tilaydi.

“Chunki Qozog‘istondagi voqealarni ayrim davlatdagi OAVlar shubhali tarzda juda faol yoritib borishmoqda. O‘sha davlatdagi (nomini aytmasam bildingiz) ayrim "siyosatchilar" esa Qozog‘iston hududidagi o‘z millatdoshlarini qutqarish, buning uchun o‘sha davlatdagi yerlarni ajratib olish haqida muhokamalarni boshlab yuborishgan”, – deb yozadi u.


Bu ham qiziq

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!