$
11795.00 UZS
-18.09
135.80 UZS
0.19
13698.71 UZS
21.51
31° Kechasi 18°

Samarqand tumani hududiy birlik sifatida tugatiladi

09:08 / 13.01.2026

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 12-yanvar kuni O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Samarqand viloyatining Samarqand tumanini tugatish, Oqdaryo, Past Darg‘om, Toyloq tumanlari va Samarqand shahri chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ko‘rib chiqildi.

Qaror loyihasi Samarqandni “millionli shahar”ga aylantirish, zamonaviy arxitektura yechimlariga ega turar joy va noturar binolarni barpo etish, aholining uy-joyga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish hamda hududlarni infratuzilma bilan ta’minlash orqali munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Shu maqsadda Samarqand tumani alohida ma’muriy-hududiy birlik sifatida tugatilishi ko‘zda tutilmoqda.

Fraksiya a’zosi Diyor Husanovning ta’kidlashicha, chegaralar o‘zgartirilishi natijasida Samarqand shahri hududi 11,8 ming gektardan 28,9 ming gektargacha kengayadi. Bu esa yangi investitsiya va qurilish loyihalari uchun keng imkoniyatlar yaratib, turistik loyihalar, o‘yin maydonlari, akvaparklar, havo sharlari, istirohat bog‘lari kabi ko‘ngilochar va dam olish maskanlarini barpo etish, shuningdek, yashil hududlar, xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda logistika markazlari qurilishiga zamin bo‘ladi.

Shuningdek, yarim tayyor zargarlik buyumlarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ham muhokama qilindi. Asosiy elektorati tadbirkorlardan iborat fraksiya a’zolari ushbu hujjatga alohida e’tibor qaratdi.

Ushbu qonun loyihasi qimmatbaho metallar va toshlar, shuningdek, ulardan tayyorlangan zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini kamaytirishga qaratilgani qayd etildi. Muhokamalar davomida deputatlar huquqiy asoslar, ijro mexanizmlari hamda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr bildirdi.

Ayrim deputatlar qonunchilik hujjatlari o‘rtasidagi xronologik nomutanosiblik va uning tadbirkorlar faoliyatiga ta’siriga ham e’tibor qaratdi. Munozaralar yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yanvar oyida ham Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan. Majlisda qaror loyihasi tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari, xalq deputatlari Samarqand shahar, Samarqand va Oqdaryo tumanlari hamda viloyat Kengashlarida muhokama qilinib, chegaralarning kartografik chizmasi va chegaralar chizig‘ining tasnifi ma’qullangani qayd etilgan.

Shuningdek, qaror loyihasida hududning chegaralarini o‘zgartirish va unda belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish maqsadida Hukumatga kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilgan. Hududda 112 km ichki yo‘llar, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 6 km yer usti metro yo‘li, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikatsiya uchun tonnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari qurilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston

														O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan 20 ta oliygoh aniqlandi

O‘zbekistonda “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliy ta’lim muassas…
13:01 / 06.09.2026

														Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkentda maktab avtobuslariga ehtiyoj o‘rganilmoqda

Toshkent shahrida o‘quvchilarning maktabga qanday qatnashi va maktab avtobuslariga ehtiyoj mavjudligi o‘rganilmoqda. Bu haqd…
12:51 / 06.09.2026

														16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026

														“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

“Tolibon” soqol kalta olingani sabab 12 ta sartaroshxonani yopdi

Afg‘onistonning Zobul viloyati Qalat shahrida “Tolibon” bir hafta davomida 12 ta sartaroshxonani yopdi. Bunga sartaroshxonal…
09:39 / 06.09.2026

														O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyada bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoa…
15:25 / 05.09.2026

														Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026

														Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi yerto‘ladagi “akula” aslida Siam somi bo‘lib chiqdi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uy yerto‘lasida boqilayotgani aytilgan “akula” aslida akula emas, Siam somi ekani ma’lum bo‘ldi.
10:21 / 05.09.2026

														Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

														Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026

														Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026

Bu ham qiziq

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroillik vazir G‘azo aholisini ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kelgusi yetti yil ichida G‘azo sektoridagi 2 milliondan ortiq falastinlikni …
14:24 / 04.09.2026
Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

Tarixda ilk bor cho‘chqa buyragi inson tanasida 271 kun ishladi

AQShda genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqadan ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak inson organizmida 271 kun davomida faoliyat …
14:30 / 04.09.2026
Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Nursulton Ro‘ziboyev UFC jangida Maykl “Venom” Peyjga yutqazdi

Fransiya poytaxti Parijda o‘tkazilgan UFC Fight Night turnirida o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev britaniyal…
09:33 / 06.09.2026
16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

16 yoshga to‘lmaganlar homiladorligi haqida xabar bermaganlar jarimaga tortilishi mumkin

O‘zbekistonda erta nikoh, 16 yoshga to‘lmaganlarning homiladorligi va tug‘ishi bilan bog‘liq holatlar haqida tegishli organl…
10:57 / 06.09.2026
Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezidentimiz yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharo…
17:56 / 04.09.2026
Poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga oshdi

Poytaxtda avtomobillar soni 30 foizga oshdi

2026-yil 2-sentyabr — yangi o‘quv yilining ilk kunida Toshkent ko‘chalaridagi transport oqimi 24-avgustdagi odatiy ish kunig…
09:48 / 03.09.2026
Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Hisob palatasiga yangi rais tayinlandi

Bugun, 5-sentabr kuni Alisher Bahodirovich Samadov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi.
10:29 / 05.09.2026
Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

Uyushma 35 ta “Mahorat maktabi”ni tashkil etdi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tashabbusi a…
10:07 / 05.09.2026
Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari 2022-yil oxiridan beri eng yuqori darajaga chiqdi

Dunyoda oziq-ovqat narxlari yana oshmoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil…
10:17 / 05.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!