$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

“Samarqandcha ko‘chirish”: shaharda “snos”ga tushgan 50 dan ortiq uyning elektr ta’minoti uzib qo‘yildi

14:59 / 27.04.2022

Samarqandda qurilayotgan yangi xalqaro aeroport sabab mazkur hududdagi 100 ga yaqin uylar buzilishga tushgan.

Bir qaraganda, hammasi qonuniy – davlat va jamoat ehtiyojlari uchun aholi yashab turgan uylaridan ko‘chirilyapti va bu tabiiydek tuyuladi kishiga. Ammo bu yerda yashab kelgan 50 taga yaqin xo‘jalik mulklarining arzon baholanayotganidan norozi. Kamiga esa mahalliy hokimlik va tegishli idoralar ularning uylarini tashlab chiqib ketishiga “madaniychasiga” majburlashmoqda.

Gap shundaki, Xabardor.uz tahririyatiga Samarqand shahri 2-sektor hududiga kiruvchi Zarafshon mahallasidan murojaat kelib tushdi. Unda aytilishicha, shaharda yangi xalqaro aeroport qurilayotgani bois ularga bundan 3 oylar muqaddam uylari buzilishi, yaʼni “snos”ga tushgani haqida ogohlantirishgan. Va birin-ketin odamlar buzilishga tushgan uylariga kompensatsiya olib, hovlisini tashlab chiqib keta boshlagan. Ammo hozirgi kunda 50 tadan ortiq xo‘jalik mazkur hududda yashab kelmoqda.

Ularning iddaosicha, hokimlik hovli-joylarni baholashda bozor narxlariga mos tartibda ish olib bormayapti.

“6 sotix hovlimiz bor. 7 xonali, shundan 4 ta xonasi yangi tushgan, yaxshi taʼmirlangan edi. Hozirda hokimiyat taklif qilayotgan narxga men bozordan o‘zimnikiday sharoitli uyni xarid qilolmayman-ku. Hovli-joylarimizni bozor narxlarida baholashsin, marhamat. Bizning olib borilayotgan islohotlarga aslo qarshiligimiz yo‘q”, – deydi mahalliy aholidan biri.

Uning aytishicha, ayrim mahalliy aholining soddaligidan foydalanib, og‘zaki savdoda 40 ming AQSh dollariga baholangan uylar uchun hujjatda 400 million so‘m (bu uy egasining o‘sha kungi Markaziy bank kursi bo‘yicha taxminan 40 million so‘m zarar ko‘rdi deganidir, -tahr.) ko‘rsatilib, imzolatib olishlar ham kuzatilgan.

Ko‘tarilgan ushbu masalaning eng “qaymog‘i” esa 3 kun oldin, 24-aprel kuni sodir bo‘lgan. Murojaatda aytilishicha, o‘sha kuni hududiy elektr tarmoqlari xodimlari mahallani elektrdan to‘liq uzib ketgan. Ayni paytda 50 tadan ortiq xo‘jalik mana 4-kundirki elektrsiz qoldirilgan uylarda yashashyapti. Aholining Ramazonda qiynalib qolishlari haqidagi iltijolari ham eʼtiborsiz qoldirilgan.

“Bizlarni uylarimizni tashlab chiqib ketishga majburlashmoqchi. “Svet”imizni asosiy manbadan uzib ketishdi. Bunga haqi bormidi, ularning?! Biz ham odammizku, kelib uylarimizga bozor narxlarida kompensatsiya taklif qilishsa, Hukumat ishiga qarshiligimiz yo‘q bizniyam”, – deydi murojaatchi.

Ularning fuqaro sifatidagi surishtiruvlariga esa shahar elekt tarmoqlari mutasaddilari avvaliga “yuqori”dan buyruq bo‘lganini, ammo bir muddat o‘tib esa mahallaning elektr manbasi almashtirilayotgani va tez orada boshqa “liniya”ga o‘tkazib berishlarini aytadi. Ammo bu qancha vaqtgacha cho‘zilishi haqidagi savollar ochiq qoladi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “snos”ga tushgan uy egalarini hokimlik taklif qilgan kompensatsiya miqdoriga ko‘ndirishning “samarqandcha usul”imi bu? Bu borada qonunchilik, qonun himoyachilari nima deydi? Gap bir yo ikki xo‘jalik to‘g‘risida emas, 50 dan ortiq xo‘jalik haqida ketyapti, bu yerda. Hukumatning 2019-yil 16-noyabrdagi 911-son qaroriga muvofiq “yer egasining roziligi” talab qilinmay qo‘yganmi?!

Bolalikdan 1-guruh nogironi bo‘lgan farzandiga g‘amxo‘rlik qilib kelayotgan katta yoshli ayol 2 kunlik elektrsizlikdan qiynalib, yerlik aholining tabiiy gazini uzib qo‘yganiga ko‘p bo‘lgani, endi ikki kundan buyon elektr taʼminotisiz qolayotganinidan shikoyat qiladi.

“Farzandimning nogironligi sabab 50 yoshimdan pensiyaga chiqqanman. Mana ikki kundan elektrni uzib ketishdi. Shu insofdanmi? Nogiron bolam bilan qiynalib o‘tiribmiz. Choy va ovqatimizni qo‘lbola suyultirilgan gazda qilib yeyapmiz. Biz faqat davlat beradigan pensiya pullariga qarammiz. Endi hovliga nimadir ekaylik desak, suvni uzib qo‘yishgan, chiroq berishmayapti.

Uy masalasiga kelsak, uni bozor narxlarida baholashlarini so‘rab portalga (Prezident portali, -tahr.) ham murojaat qildik. Ular nima qilishdi: hokimiyatga “o‘rganib chiqish uchun” qaytarishdi. A, biz kimdan shikoyat qilgandik, hokimiyatdanmasmi?” – deydi murojaatining idoralarni aylanib yurishidan norozi ayol.

Xabardor.uz tahririyati Samarqand viloyati hamda Samarqand shahri hokimliklarining, shuningdek, “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mazkur masalaga eʼtibor qaratishlariga hamda haqli eʼtirozlarga sabab bo‘layotgan masalalarda mahalliy aholining muammolarini tez orada hal qilib berishlariga umid qiladi.

Tahririyat mazkur vaziyatni kuzatishda davom etadi.


Bu ham qiziq

Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy korteji vaqtida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilarga…
09:49 / 09.11.2026
Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Özbekistonda bugun yomğir yoğişi, ayrim hududlarda momaqaldiroq kuzatilişi mumkin

Bugun, 10-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan bölib, respublikaning ayrim hududlarida kuçli yomğir yoğişi va momaq…
16:07 / 09.11.2026
“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida 100 ga yaqin muhandis öz işlanmalarini amaliyotga tatbiq etmoqda

“NURA Electric” korxonasida muhandislik işlanmalari va dual ta’lim tizimini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko…
13:31 / 09.11.2026
Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda gaz va kömir taqsimoti ustidan nazorat kuçaytiriladi

Özbekistonda kuz-qiş mavsumida aholiga ajratilgan gaz va kömir mahsulotlarini öz vaqtida hamda töliq yetkazib beriş ustidan …
14:32 / 06.11.2026
Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi yiğin uçun tarkibi e’lon qilindi

Özbekiston milliy terma jamoasining joriy yil noyabr oyida FIFA kunlari doirasida ötkaziladigan yiğin uçun tarkibi ma’lum bö…
11:27 / 09.11.2026
O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Xiva, Nurafshon, Ulug‘nor, Toshkent va Ohangaron tumanlari hamda Toshloq t…
09:41 / 09.11.2026
Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy maişiy texnika xaridi uçun 18 foizli kreditlar ajratilişi rejalaştirilmoqda

Özbekistonda mahalliy işlab çiqarilgan maişiy texnikalarni xarid qiliş uçun yangi iste’mol kreditlari mexanizmi yölga qöyili…
13:45 / 09.11.2026
Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Özbekistonlik kinoijodkorlar Istanbul Sinema Muzeyiga taşrif buyurişdi.

Alohida ta’kidlaş joizki, Özbekistonda ham milliy kino merosini asrab-avaylaş va keng tarğib etiş, “Özbekfilm” hududida Kino…
16:06 / 07.11.2026
Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqandda işga joylaştirişni va’da qilgan maktab direktori uşlandi

Samarqand şahrida umumiy örta ta’lim maktabi direktori fuqaroni öqituvçi lavozimiga işga joylaştiriş evaziga 400 AQŞ dollari…
14:50 / 09.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!