Joriy yil 12-sentyabr kuni 16:30 larda, Quva tumani “Turk” MFY hududidan o‘tgan, D-105 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 194-km.da 2005-yilda tug‘ilgan haydovchi I.A. Cobalt rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib harakatlanishi oqibatida ushbu yo‘nalishda kelayotgan 1999-yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.A. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomobili bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi natijada transport vositalariga texnik shikast yetgan va unda bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar shifoxonaga yuborilgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!