$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Samarqandda 3 nafar farzandini oʻldirgan ota umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

11:24 / 20.10.2023

Samarqandda uch nafar farzandini o‘ldirgan otaga nisbatan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalida ma’lum qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 16-iyun kuni soat 19:30 lar atrofida Samarqand shahrida 1986-yilda tug‘ilgan fuqaro A.D. Isroilda ishlayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashib qolgan. Erkak kelib chiqqan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida turmush o‘rtog‘idan o‘ch olish maqsadida voyaga yetmagan 3 nafar farzandini oshxona pichog‘i bilan tanalarining turli joylariga qasddan urib, o‘ldirgan. Soʻngra, erkak pichoq bilan o‘ziga ham tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan fuqaro A.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Tergov davomida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar, ya’ni erkak o‘sha vaqtda giyohvand modda ta’sirida bo‘lgani haqida taxminlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

“Ayolim boshqa sen bilan yashamayman. Mening erim bor, hayotim bor, dedi. Katta qizcham qo‘limda jon berdi. Ko‘rib, qo‘rqib ketdim. Yig‘ladim, dodladim, keyin o‘zimni pichoqladim. Shu bilan hushimdan ketdim. O‘zimga kelsam shifoxonada ekanman”, deydi o‘z farzandlarining qotiliga aylangan ota.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j” bandlari bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Bu ham qiziq

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!