2022-yil 23-iyun kuni soat 00:30larda Samarqand viloyati Toyloq tumani “Charog‘bon” mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 7 km.da Toyloq tumani IIB HPB profilaktika inspektori leytenant M.Xursandov boshqaruvida bo‘lgan d/r 30 021 NAA “Neksiya-2” rusumli avtomashina yo‘lning Urgut yo‘nalishi tomon qayrilayotgan vaqtida, qarama-qarshi tomonidan harakatlanib kelayotgan Toyloq tumanida yashovchi 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro A.P.ning boshqaruvida bo‘lgan d/r 30 O 201 XA “Malibu” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Natijada, “Neksiya-2” rusumli avtomashinada bo‘lgan M.Xursandov, yo‘lovchilari Toyloq tumani IIB HPB katta profilaktika inspektori mayor R.Razzoqov hamda Toyloq tumanida yashovchi, 1957-yilda tug‘ilgan fuqaro Sh.M.lar olgan og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etganlar.
“Neksiya-2” rusumli avtomashinaning qolgan yo‘lovchilari Toyloq tumanida yashovchilar 1992-yilda tug‘ilgan A.I. va 1994-yilda tug‘ilgan N.M. hamda “Malibu” rusumli avtomashina haydovchisi A.P., yo‘lovchilari Toyloq tumanida yashovchilar 2005-yilda tug‘ilgan A.M. va 2004-yilda tug‘ilgan A.R.lar tan jarohati olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilganlar.
Mazkur holat yuzasidan 2022-yil 23-iyun kuni Toyloq tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!