$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 14°

Samarqandda tadbirkor ayollar va ichki ishlar xodimlari o‘rtasida janjal yuz berdi

21:13 / 14.11.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tadbirkor ayollarga kuch ishlatildi. Ichki ishlar xodimlarining harakati qonuniymi?” sarlavhasi ostida video tarqaldi. 

Xabar berilishicha, Toyloq tumani Ilmobod mahallasida yashovchi fuqaro Lo‘bat Eshto‘xtayeva va Zarina Jo‘rayevalar Samarqand viloyati "Suvoqova" davlat unitar korxonasi Toyloq tuman filiali balansida bo‘lgan 10 sotix yer maydonini noqonuniy ravishda egallab,  atrofini uzunligi 25 metrdan iborat devor bilan o‘rab olgan. Aytilishicha, mazkur yer maydonida  ichimlik suvi inshootini qurish bo‘yicha Toyloq tumani hokimining 2019-yil 18-apreldagi 1045-sonli qarori qabul qilingan.  

Yerga da’vo qilayotgan fuqarolarda yerga egalik huquqini beruvchi hech qanday hujjat mavjud emas. Shu boisdan Kadastr palatasi Toyloq tuman filiali tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olgan devorni o‘z xohishi bilan belgilangan muddat ichida buzib, o‘z holiga qaytarib qo‘yish bo‘yicha ogohlantirish berilgan.   

Biroq fuqaro ogohlantirishlarga qaramay noqonuniy qurilgan devorni buzmagan.

Mazkur yer maydoniga ichimlik suvi minorasini qurib, Ilmobod hamda Bunyodkor mahallalari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-noyabr kuni viloyat hamda tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ishtirokida mazkur qurilma buzilib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Buzish jarayoniga fuqaro Lo‘bat Eshto‘xtayeva hamda uning qarindoshlari faol qarshilik ko‘rsatgan.

Jarayonda jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida IIB xodimlari jalb qilingan.

 


Bu ham qiziq

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Endi buni oddiy inson telefonda ham amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.
14:52 / 04.05.2024
Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Yevropada “shpion” asalarilar yaratildi

Ularning vazni atigi 34 gramm.
12:09 / 04.05.2024
Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Prezident to‘rtta yo‘nalishda ishchi guruhlarni tashkil etishni taklif qildi

Aytilgan har bir loyiha bo‘yicha alohida “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi.
14:56 / 03.05.2024
4-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotlari

4-may kuni kutiladigan ob-havo ma’lumotlari

3-8 mayda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
17:05 / 03.05.2024
“Toshkent – Andijon pulli yo‘li 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi” – transport vaziri o‘rinbosari

“Toshkent – Andijon pulli yo‘li 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi” – transport vaziri o‘rinbosari

Jasurbek Choriyevning ta’kidlashicha “Toshkent – Andijon” pulli yo‘lini yaratish ishlari deyarli yakunlangan.
10:43 / 04.05.2024
Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Astronavt quyosh tasvirini ko‘rsatdi

Video muallifi Oleg Artemyev bo‘lib chiqdi.
15:49 / 03.05.2024
Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson chaqaloqlar upasida saraton chaqiruvchi asbestlar mavjudligi aytilmoqda

Johnson & Johnson 25 yil davomida 6,5 milliard dollar to‘lashni rejalashtirmoqda.
12:41 / 03.05.2024
Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

Uchrashuvda “Air Products”, “CNH Industrial” va “Silverleaf” kompaniyalari rahbarlari ham ishtirok etdi.
16:12 / 03.05.2024
Sergelidagi omborxonada chiqqan yong‘in bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi

Sergelidagi omborxonada chiqqan yong‘in bo‘yicha sud ishi bo‘lib o‘tdi

Shuningdek, portlashda 163 nafar fuqaro jabrlandi va hodisa oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan bir nafar o‘smir voqea joyida vaf…
19:57 / 03.05.2024
“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qilishdir, degan Davlat d…
10:09 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!