$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Samarqandda uy-joyga muhtoj fuqarolar uchun subsidiya tartibida beriladigan koʻp xonadonli turarjoylar qurilmoqda

01:18 / 17.12.2021

Kuni kecha, AOKA tomonidan Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida Respublika va mahalliy OAV vakillari uchun viloyat hududlari boʻylab media-tur tashkil etildi.

Dastlab jurnalistlar Samarqand shahridagi Qorasuv massivida boʻlib, u yerda qurilayotgan turarjoy binolari bilan tanishdilar.

Maʼlum qilinishicha, aholini zamonaviy uy-joy bilan taʼminlash maqsadida joriy yilning oʻtgan davri mobaynida massivda 10 ta 16 qavatli 928 xonadonli turarjoy binolari qurilib, foydalanishga topshirilgan.

Shu bilan birga, 2022-yilning birinchi choragida 3 ta 16 qavatli va 2 ta 25 qavatli turarjoy binolari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, keltirilishicha, uy-joyga muhtoj fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Qorasuv massivida subsidiya tartibida beriladigan koʻp xonadonli turarjoy binolari qurilmoqda.

Qayd etilishicha, 2022-yilda “Shirin” mahallasi (sobiq Rofe Hamroyev nomli jamoa xoʻjaligi) hududidagi jami 210 gektar yer maydonida joylashgan 1 788 ta turar va noturarjoy obyektlarini hamda Samarqand shahrining vokzal orti hududidagi “Matonat”, “Maysazor”, “Mehnat”, “Ipak yoʻli”, “Temiryoʻlchilar” va “Baraka” mahallarida joylashgan 3 304 ta shahar koʻrkini buzayotgan, arxitektura va shaharsozlik normalariga javob bermaydigan eski hovlilarni qonunda belgilangan tartibda koʻchirib, oʻrnida koʻp qavatli turarjoy binolari, savdo majmualari, turistik va koʻngilochar majmualar barpo etish belgilangan.

Oʻz navbatida, press-tur ishtirokchilari massivdagi yangi taʼlim va tibbiyot muassasalariga tashrif buyurishdi. Xususan, 81-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlishdi.

Viloyat XTB boshligʻi Zebiniso Shodiyevaning maʼlum qilishicha, Samarqand viloyatida taʼlim, xususan maktab sohasini rivojlantirish uchun 2017-2021-yillarda Respublika byudjetidan 883 mlrd. soʻmdan ortiq, mahalliy byudjetdan esa qariyb 46 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan.

2021-yilning mart oyida inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasining 32 milliard soʻm mablagʻi hisobiga qurilib, shu yilning 6-sentyabrida faoliyatini boshlagan, umumiy oʻquvchi sigʻimi 1680 oʻrinli boʻlgan mazkur maktabda, hozirgi kunda 67 ta sinfda 2334 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun 1-sinfdan inklyuziv taʼlim dasturi asosida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgan.

Keltirilishicha, maktabda 115 nafar oliy maʼlumotli pedagog xodimlar faoliyat yuritadi. Muassasada 6 ta biologiya, kimyo va fizika fanlaridan laboratoriya xonalari, 2 ta kompyuter va 4 ta chet tili fan xonalari hamda oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish maqsadida oʻgʻil va qiz bolalar uchun 2 ta texnologiya xonasi, 168 oʻrinli faollar zali va 200 oʻringa moʻljallangan oshxona mavjud. Shuningdek, yuqori va boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun 2 ta sport zali va 5 ta ochiq sport maydonlari ham bor.

Media-tur ishtirokchilarining galdagi manzili Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialining Qorasuv massivida qurilayotgan yangi binosi boʻldi.

Samarqand viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injinering kompaniyasi va “Samtibloyiha” MChJ tomonidan qurilayotgan yangi binoning qurilish ishlari 2019-yilning oktyabr oyida boshlangan.

Qayd etilishicha, 2022-yil mart oyida ochilishi rejalashtirilgan mazkur, 330 oʻringa moʻljallangan binoda ogʻir ahvolda yotqiziladigan bemorlar uchun 45 oʻrinli alohida reanimatsiya boʻlimi mavjud boʻladi. Ushbu tibbiyot muassasasini qurilish va jihozlash uchun 108 milliard soʻm mablagʻ ajratilgan.

Maʼlum qilinishicha, Butunjahon taraqqiyot bankining shoshilinch yordam rivojlantirish loyihasi asosida 3 513 300 AQSh dollari ajratilgan.

Mazkur mablagʻga MSKT, angiograf, zamonaviy endoskoplari, UTT apparatlari, laporoskoplar, laboratoriya apparatlari va boshqa yangi texnologiya olib kelish rejalashtirilgan.

Keltirilishicha, 2021-yil RSHTYOIM Samarqand filiali uchun byudjet orqali 278 420 000 soʻm yangi apparatura va asbob uskunalar olingan.

Qayd etish joiz, viloyat boʻylab press-tur davom etmoqda va bugun xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat hokimi E. Turdimov joriy yil yakunlari va 2022-yil rejalari yuzasidan aholiga murojaat qilishi rejalashtirilgan.


Bu ham qiziq

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!