$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

“Samsung Galaxy S23”ning reklama suratlari ijtimoiy tarmoqlarda sizdirildi (foto)

17:14 / 18.01.2023

“Samsung” kompaniyasi “Galaxy S23” flagman smartfonlarining faqat joriy yilning fevral oyi boshlaridagina rasmiy e’lon qilinishi kutilmoqda, biroq har kuni yangi mahsulotlar haqida ko‘proq ma’lumotlar Internetda paydo bo‘la boshladi. Shunday qilib, tom ma’noda, bugungi kunda insayderlar qurilmalarning reklama renderlarini ijtimoiy tarmoqlarda sizdirishmoqda.

Oldindan tanish bo‘lgan dizaynga oid barcha tafsilotlar tasdiqlandi. Smartfonlar avvalgilaridan faqat orqa tarafdagi asosiy fotomodulning o‘zgacha dizayni bilan farq qiladi, garchi linzalarning joylashuvi o‘zgarmagan bo‘lsa-da.

“Galaxy S23” va “S23+” an’anaviy ravishda faqat ekran o‘lchamida farqlanadi, “Galaxy S23 Ultra” esa shakli va kamerasidagi farq bilan ajralib turadi. Shuningdek, ikkinchisi yana “Galaxy Note” seriyasidan meros bo‘lib qolgan raqamli stilusga (boshqaruv ruchkasi) ega bo‘ladi.

Ultra modellari, shuningdek, eng so‘nggi 200 megapikselli kameraga ega bo‘lib, u piksellarni birlashtirib, 12 megapikselli ruxsat bilan ajoyib darajada aniq suratga olish imkonini beradi.

Mish-mishlarga ko‘ra, barcha “Galaxy S23” qurilmalarining asosiy xususiyatlaridan biri “iPhone 14” kabi sun’iy yo‘ldosh aloqalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘ladi.

Avvalroq, “Samsung” o‘zining yangi flagmanlarini 2023-yil boshida namoyish qilishi kutilayotgani xabar qilingan edi.

Flagman “Snapdraon 8 Gen 2” chipi bilan jihozlangan bo‘ladi. Mish-mishlarga ko‘ra, kompaniya bu safar telefonning “Exynos” versiyasini chiqarishni rejalashtirmagan.

“Galaxy S23 Ultra” shuningdek:

3088×1440 piksellar soniga va 1-120 Gs yangilanish tezligiga ega 6,8 dyuymli Dinamik Amoled ekran;
8 yoki 12 GB operativ xotira va 128, 256, 512 GB yoki 1 TB doimiy xotirasi;
12 megapikselli keng burchakli kamera, 3x optik zum uchun 10 megapikselli telefoto linza va 10x zum uchun periskop;
f/2.2 diafragma bilan 40 megapikselli old kamera;
45 Vt tez zaryadlash va 15 Vt simsiz zaryadlash bilan 5000 mA/soat batareya;
chang va suvga chidamlilik (IP 68).

Qayd etish mumkin, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra smartfon narxi modeliga qarab 799 – 1249 AQSH dollari atrofida bo‘ladi.

“Samsung” Janubiy Koreya kompaniyalar guruhi bo‘lib, dunyoning eng yirik elektronika ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 1938-yilda tashkil etilgan. U jahon bozorida yuqori texnologiyali butlovchi qismlar, jumladan, integral mikrosxemalar, telekommunikasiya uskunalari, maishiy texnika, audio va video qurilmalarni to‘liq siklli ishlab chiqaruvchi korxona sifatida tanilgan. Kompaniyaning bosh ofisi Seul shahrida joylashgan.

“Samsung” so‘zi koreys tilida “uch yulduz” degan ma’noni anglatadi. Ehtimol, bu ism kompaniya asoschisi Li Byon Chulning uch nafar o‘g‘li bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ularning eng kichigi Li Gong Xi kompaniyani 1987-yilda barcha Sharqiy meros an’analarini buzgan holda egallab olgan, unga ko‘ra to‘ng‘ich o‘g‘li oila mulkining katta qismini meros qilib olishi kerak bo‘lgan. “Samsung”ning daromadi 2019-yilda 305 milliard dollar, 2020-yilda 107 milliard dollar va 2021-yilda 236 milliard dollarni tashkil qilgan. Kompaniyaning 2022-yilgi moliyaviy hisobot natijalari hali e’lon qilinmagan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

Özbekistonda qariyb 30 ming pedagog kasbiy sertifikatlaş sinovidan öta olmadi

2024–2026-yillarda Özbekistonda ötkazilgan oltita kasbiy sertifikatlaş sinovida jami 47 936 nafar pedagog iştirok etdi. Ular…
11:33 / 20.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 10 oyda korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim işdan böşatildi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar-oktabr oylarida korrupsiyaga aloqador 1 565 nafar xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilin…
09:49 / 20.11.2026
Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda muddatidan oldin pensiyaga çiqiş uçun onlayn ariza topşiriş yölga qöyildi

Özbekistonda korxona tugatilişi yoki ştatlar qisqarişi sababli işdan böşatilgan fuqarolar uçun muddatidan oldin pensiyaga çi…
09:43 / 20.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Samarqand tibbiyotini rivojlantiriş uçun 100 mln dollar ajratadi

Jahon banki Özbekistonda birlamçi tibbiy yordam sifatini yaxşilaş maqsadida 100 million dollar imtiyozli kredit ajratişni ma…
10:19 / 19.11.2026
Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

Toşkentda Erasmus+ ekspertlarining xalqaro konferensiyasi va ilmiy-ta’lim forumi boşlandi

19-noyabr kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ta’limni rivojlantiriş istiqbollariga bağişlangan Erasmus+ eks…
17:52 / 19.11.2026
Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Uç viloyatda 3,1 kilogrammdan ortiq narkotik modda musodara qilindi

Samarqand, Xorazm va Qaşqadaryo viloyatlarida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3,1 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vosital…
09:27 / 20.11.2026
AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

AI-80 benzini birja savdolariga çiqarildi: uni “zapravka”larda sotiş mumkinmi?

Özbekistonda AI-80 markali benzin birja savdolariga çiqarildi. Biroq uşbu mahsulot avtomobillarga yoqilği sifatida quyiş şox…
14:50 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!