O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida kecha Sankt-Peterburg shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oilasi bag‘riga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Fuqaro 2024-yil iyul oyida Rossiyaga vaqtincha ishlash maqsadida kelgan. U Rossiya hududida qonuniy bo‘lish uchun zarur bo‘lgan patentini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotib qo‘ygan. Shu bois aniq ishga joylasha olmagan.
Bosh konsulxona diplomatlari fuqaroning yashash joyini aniqlab, unga O‘zbekistonga yetib olishi uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam bergan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!