Oregon shtatidan AQSH senatori Jeff Myorkli tarixda ilk bor AQSH Senatiga Falastin davlatini rasman tan olish bo‘yicha rezolyutsiya taqdim etdi. Unga 7 nafar demokrat senator va 1 mustaqil senator qo‘shildi.
Rezolyutsiya mazmuni:
AQSh prezidentini Falastinni mustaqil, demilitarizatsiya qilingan davlat sifatida tan olishga chaqiriladi.
Ikki davlatli yechim – ya’ni Isroil va Falastin bir vaqtda tinch hayot kechiradigan yechim qo‘llab-quvvatlanadi.
G'azodagi insonparvarlik inqirozini yengish, tinchlik va adolatni ta’minlash muhimligi ta’kidlanadi.Garchi rezolyutsiya qonuniy majburiyat yuklamasa-da, u Vashingtonda Falastinni tan olish masalasini kun tartibiga olib chiqishda katta siyosiy qadam bo‘ldi.
Rezolyutsiya 2025-yil 18-sentyabr kuni Senatga rasman kiritildi.
Bu tashabbus dunyodagi ko‘plab davlatlar Falastinni tan olayotgan, hamda BMTda Falastinga videomurojaat orqali qatnashish imkoni berilgan bir paytda yuzaga chiqdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!