“Sharq” nashriyoti va Milliy axborot agentligi boshqa binoga ko‘chiriladi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko'ra, “Sharq” nashriyot-matbaa AJning bino-inshootlari va ishlab chiqarish uskunalari ma’nan eskirib, ta’mirtalab va aksariyati yaroqsiz ahvolga kelib qolgani sababli Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan yangi bino-inshootlarga ko‘chirilmoqda.
Shu bilan birga, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 42-uyda joylashgan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA)ning ma’muriy binosi Toshkent shahar, Mirobod tumani, Matbuotchilar ko‘chasi, 32-uy manzilidagi Matbuot uyiga ko‘chiriladi.
Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-42-uy manzillarida joylashgan (umumiy yer maydoni 3,02 gektar, bino-inshoot maydoni 56 525 kv.m) bino va inshootlar bo‘shayotganligini inobatga olib, ularning negizida zamonaviy shaharsozlik talablariga mos keluvchi yagona mulkiy majmuani barpo etish maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mulkiy majmua bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!