$
12640.21 UZS
-49.76
137.02 UZS
-0.18
13559.15 UZS
1.19
21° Kechasi

Shavkat Mirziyoyev 2 mingta bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalarini ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasini qo‘ydi

20:01 / 08.02.2022

Ayni damda Prezident raisligida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’kidlanishicha, Shavkat Mirziyoyev  viloyat hokimlari oldiga kelgusi ikki yilda 2 mingta bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalarini ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasini qo‘ydi.

Ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 50 milliard so‘m,  mahalliy byudjetlar hisobidan yana 50 milliard so‘m ajratiladi.

Bundan tashqari, Jahon bankining qishloqlar infratuzilmasini yaxshilashga ajratilgan 160 milliard so‘m hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarida 413 ta mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga beriladigan 1 trillion so‘m mablag‘lar ham birinchi navbatda shu maqsadlarga yo‘naltiriladi.

Qayd etilishicha, ushbu maqsadlarga qo‘shimcha 100 million dollar xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish topshirildi.

Viloyat hokimlari “Uzsuvta’minot” bilan birga joriy yilning o‘zida markazlashgan ichimlik suvi ta’minotini 75 foizga yetkazishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Har bir viloyat o‘zini rejalarini o‘n kunda qayta ko‘rib chiqib, ularni oshirish bo‘yicha taklifni berishi zarur”, deydi Prezident.

Bu ishlarni jadallashtirish uchun suv ta’minoti loyihalari bo‘yicha joylardagi “O‘zsuvta’minot”ning injiniring kompaniyalari viloyat hokimliklari tasarrufiga o‘tkaziladi. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, pudratchilarni aniqlash va moliyalashtirishni ochish viloyatning o‘zida bo‘ladi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “Uzsuvta’minot” loyihalarga texnik talablarni belgilaydi va ularni ekspertizadan o‘tkazadi, ishlarni qabul qilib, ekspluatatsiyaga mas’ul va javobgar bo‘ladi.

Mutasaddilarga ushbu yangi tizimni amaliyotga joriy qilish topshirildi.


O‘zbekiston


														
														28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib t…
22:37 / 27.04.2024

														
														3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

3 oyda qancha benzin ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 360,6 ming tonna av…
22:13 / 27.04.2024

														
														O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

Ular 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
14:44 / 27.04.2024

														
														YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

2024-yil 25-aprelda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajr…
12:41 / 27.04.2024

														
														Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024

														
														O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024

														
														Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024

														
														Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi maktab basseynida vafot etdi

Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
16:44 / 26.04.2024

														
														Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Ikki oyda qancha o‘zbekistonliklar turistik maqsadda xorijga chiqqani ma’lum qilindi

Turistik maqsadlarda chet elga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning yarmini 31-55 yoshdagilar.
11:21 / 26.04.2024

														
														Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Poytaxtni tekislagan tong. “Toshkent zilzilasi”ga 58 yil to‘ldi

Bugungi avlod vakillari faqatgina eshitgan, o‘tgan asr kishilaridan aksariyati o‘sha voqeada bevosita qatnashgan “Toshkent z…
10:06 / 26.04.2024

Bu ham qiziq

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Surxondaryoda o‘rik pishdi

Bu haqda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
10:09 / 27.04.2024
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi haqida

Malika Amira 1983-yilning 15-noyabr sanasida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tug‘ilgan.
13:01 / 27.04.2024
O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonda tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat beriladi

Bu bo‘yicha prezidentning tegishli farmoni qabul qilindi.
09:23 / 27.04.2024
O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

O‘zbekiston 10 mingdan ortiq hamshira va shifokorlarni Buyuk Britaniyaga ishlash uchun yuboradi

Ular 3 ming AQSh dollari miqdorida oylik maosh to‘lash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
14:44 / 27.04.2024
Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Ilmiy nuqtayi nazardan parallel olamlar nima?

Bunday parallel haqiqatlar mavjudligini birinchi bo‘lib ilgari surgan olim avstriyalik fizik Ervin Shredinger edi.
15:50 / 26.04.2024
Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun O‘zbekiston hududlarida qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum bo‘ldi

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
09:17 / 27.04.2024
Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Crocus’dagi terakt bo‘yicha yana bir tojikistonlik ushlandi

Rossiya Xavfsizlik kuchlari Crocus City Hall’dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni – Tojikiston fuqarosi Jumaxon Begi…
09:36 / 27.04.2024
Yangi tadqiqot: sun’iy intellektdan bolalik travmasini aniqlashi mumkin

Yangi tadqiqot: sun’iy intellektdan bolalik travmasini aniqlashi mumkin

Olimlar texnologiya yordamida yuzlab odamlarning miyasini skanerlashdi va olingan ma’lumotlarni tahrirlashdi.
15:25 / 27.04.2024
AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

AQShda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi

Jabrlanganlar to‘g‘risida esa ma’lumot kelib tushmagan.
14:02 / 27.04.2024
iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

iPhone Janubiy Koreyada taqiqqa uchramoqda

Mazkur chora joriy yilning 1-iyunidan kuchga kirishi mumkin.
15:53 / 26.04.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!