$
12004.48 UZS
32.84
₽
146.56 UZS
0.23
€
13155.71 UZS
-4.71
31° Kechasi 18°

YeI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 6 mln yevro ajratdi

12:41 / 27.04.2024

2024-yil 25-aprelda Yevropa Ittifoqi tomonidan O‘zbekiston Hukumatiga 6 million yevro (82 milliard so‘mga yaqin) mablag‘ ajratildi. Bu mablag‘ mamlakatning qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlar olib borilishini rag‘batlantirish va makro-iqtisodiy barqarorlikni saqlab qoldishda ilg‘or natijalar ko‘rsatgani sababli taqdim etildi.

6 million yevro miqdoridagi grant, Milliy Oziq-ovqat Xavfsizligi va Sog‘lom oziqlanish strategiyasi va Dastur byudjetlashtirish bo‘yicha qo‘llanmalar kabi, asosiy qadriyatlarning qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlashda yordam berdi. Grant bilan birgalikda, qishloq xo‘jaligi vazirligini islohotlar rejalashtirishida Yevropa Ittifoqi texnik yordamini ko‘rsatdi.

Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Milliy Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi amalini qo‘llab-quvvatlashga jami 20 million yevro ajratilishini ko‘zda tutganligi sababli, joriy va kelgusi yilda qo‘shimcha grantlar kutilmoqda. Umumiy maqsad – O‘zbekiston xalqini ko‘proq ish o‘rinlari va daromadlar bilan ta’minlaydigan bozorga olib chiqish, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, barqaror qishloq-oziq-ovqat sektoridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

“Qishloq xo‘jaligi sektori O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun juda muhim va fuqarolarni ish bilan ta’minlaydigan asosiy manba hisoblanadi. Qolaversa, oila fermerlar, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan iste’mol qilinadigan go‘sht va sabzavotlarning asosiy qismi yetishtiriladi. Shu bois, biz ushbu dehqon xo‘jaliklarining rivojlanishi, o‘zgaruvchan iqlim sharoitiga moslashishi, atrof-muhitni muhofaza qilishi, sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishi hamda mahalliy va global qiymat zanjirining bir qismiga aylanishiga imkon beradigan islohotlarga e’tibor qaratmoqdamiz.

Grant mablagʻlari Yevropa Ittifoqining GSP+ kabi boshqa tashabbuslari bilan bir qatorda, Yevropa Ittifoqiga eksport hajmini oshirishga yordam beradi”, - deya ta’kidlaydi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian.

Barqaror qishloq-oziq-ovqat sektori Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun uzoq muddatli indikativ dasturining (2021-2027-yillar) uchta strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Boshqa ustuvor yo‘nalishlar yaxshi boshqaruv va inklyuzivlik, shuningdek ekologik va raqamli o‘sishlarda mavjud. Dastur doirasida 2021-yildan buyon O‘zbekistonga deyarli 76 million yevro (taxminan 1 trillion so‘m) ajratildi.

Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonning agro-oziq-ovqat sektori uchun asosiy ta’minotchi hisoblanadi. 20 million yevro miqdoridagi grantlarni taqsimlashdan tashqari, Yevropa Ittifoqi 2020-2023-yillar oralig‘ida sektorni 32,5 million yevro ajratib keladi.


Bu ham qiziq

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistonda OAV sahifalariga mualliflik huquqi böyiça soxta şikoyatlar yuborib, pul talab qilinmoqda

Özbekistondagi bir qator internet naşrlari ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqi buzilgani haqidagi şikoyatlar orqali pul u…
13:48 / 19.11.2026
Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Parkentda 47 gektarlik “Oltin bel” turistik majmuasi barpo etildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan inv…
15:04 / 20.11.2026
Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga çiqariladi

Özbekistonda 2026–2027-yillarda umumiy qiymati 8,4 milliard dollarlik davlat aktivlari, köçmas mulk obyektlari va yer maydon…
15:47 / 19.11.2026
Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş konlari uçun “nol çiqindi” talabi joriy etiladi

Özbekistonda pardozbop toş sanoatida xomaşyodan töliq foydalaniş va işlab çiqariş çiqindilarini qayta işlaş böyiça yangi tal…
15:38 / 20.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Özbek tilidagi 6 milliard sözdan iborat oçiq ma’lumotlar bazasi yaratildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan özbek tilidagi 6 milliardga yaqin sözni öz içiga olgan yirik oçiq matnli ma’lumot…
11:29 / 20.11.2026
Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Mirziyoyev Özbekiston – Turkiya biznes kengaşining ilk yiğilişida iştirok etmoqda

Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkentda Özbekiston – Turkiya biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça yuqori darajadagi kengaşning bir…
13:56 / 19.11.2026
Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Rossiyaning Ukrainaga tungi hujumlarida 10 dan ortiq odam jarohat oldi

Kiyevni öqqa tutiş natijasida Podolskiy tumanidagi xususiy uy zarar kördi, ikki kişi yaralangan, dedi şahar hokimi Vitaliy K…
15:53 / 21.11.2026
AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

AQŞda mahkumning qatl etilişi bir soatdan ortiq davom etdi

1996-yilda olmos sotuvçisini öldirganlikda ayblanib, ölim jazosiga hukm qilingan Reynaldo Dennesning qatl etilişi bir soatda…
14:46 / 20.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!