$
11971.64 UZS
-8.72
₽
146.33 UZS
0.71
€
13160.42 UZS
26.35
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev: “Eng katta masala – mutaxassis yetishmasligi”

22:08 / 24.01.2022

Shavkat Mirziyoyev 24- yanvar kuni charm-poyabzal sanoatidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bu soha xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishda katta o‘ringa ega. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan texnologik yangilash va mahalliylashtirish natijasida tarmoq sezilarli rivojlandi. Masalan, 2017-yilda 760 milliard so‘mlik charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 4 trillion 415 milliard so‘mni tashkil etgan. Shu davrda eksport hajmi 105 million dollardan 421 million dollarga yetgan. Ya’ni, ishlab chiqarish qariyb 6 barobar, eksport 4 barobar o‘sgan. Tayyor mahsulotlar ulushi ham 32 foizdan 78 foizga ko‘paygan.

Shu bilan birga, hali bu tarmoqda ishga solinmagan imkoniyatlar juda ko‘p. Lekin ayrim muammolar ishlab chiqaruvchilarga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Jumladan, xomashyo hisobini yuritish tizimi yo‘q, avtomatlashgan kushxonalar kamligi teri sifatiga ta’sir qilmoqda. Dizayner, texnolog va malakali tikuvchilar, zamonaviy uskuna, kimyoviy vosita va butlovchi qismlar yetishmaydi.

Hududlar kesimida aytganda, Buxoro va Xorazmda yillik 2 million dona teri zaxirasi bo‘lsa-da, uni sanoat usulida yig‘ib olish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilmagan. Qashqadaryoda yiliga 1 million 800 ming, Navoiyda 700 ming va Toshkent viloyatida 500 ming dona mayda shoxli chorva terisi umuman qayta ishlanmaydi. Ko‘p kushxonalar aholidan uzoqda joylashgani, mahallalar bilan bog‘lanmagani sababli kam quvvatda ishlamoqda.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda shu kabi muammolarni hal etib, sohani tizimli rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan.
Avvalo, mahallalarda chorva mollarini so‘yish va terini yig‘ib olish bo‘yicha kichik mobil xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, buning uchun imtiyozli kreditlar ajratish zarurligi aytilgan.

Shunindgek, mutasaddilar joriy yilda amalga oshirilishi mo‘ljallangan jami 421 million dollarlik 248 ta loyiha to‘g‘risida ma’lumot bergan. Davlat rahbari korxonalarni o‘z vaqtida ishga tushirish, shu bilan birga, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, bunda mahalliylashtirish va zamonaviy modellarni o‘zlashtirishga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlagan.      

Nukus, Oltinko‘l, Shahrixon, Jondor, Namangan, Urgut, Samarqand, Angor, Ohangaron va Hazorasp tumanlari, Namangan, Marg‘ilon, Qo‘qon, Jizzax, Qarshi va Nurafshon shaharlarida shu tarmoqqa ixtisoslashgan 16 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilishi belgilangan. Ushbu hududlarda infratuzilma barpo etish uchun byudjetdan 90 milliard so‘m ajratiladi. Uskunalar xarid qilish uchun tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga kredit beriladi. Umuman, sohani qo‘llab-quvvatlashga joriy yilda 60 million dollar imtiyozli kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Qo‘qon va Marg‘ilondagi an’analar asosida, barcha hududlarda kosibchilik rivojlangan mahallalarni tanlab, hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Ularga oilaviy tadbirkorlik va uy-joy dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar hamda soliq imtiyozlari beriladi. 
Qayd etilganidek, bu yil charm-poyabzal mahsulotlari eksportini 500 million dollar, kelgusi 3 yilda 1 milliard 200 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

- Bu juda katta marra, - deydi Prezident. - Bu maqsadga erishish uchun bozor ham bor, katta miqdorda xom ashyo ham bor, talabgor ham bor. Faqat buning uchun tadbirkorlarga barcha sharoitlarni yaratib berish kerak.
Shu maqsadda avval berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2026-yilgacha uzaytirilishi belgilandi. Shuningdek, chet ellik mutaxassislarni jalb etish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi. Chet ellarda ulgurji ombor va savdo uylari tashkil qilish muhimligi ta’kidlandi, buning uchun xorijiy valyutada 3 yilga 4 foizlik kreditlar ajratilishi belgilandi.

Bugungi kunda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan charm mahsulotlari hajmida ayollar poyabzali ulushi 23 foiz, bolalar poyabzali 8 foizni tashkil etadi, xolos. Shu bois bu yo‘nalishni ham soliq imtiyozi orqali rag‘batlantirishga ko‘rsatma berildi.

- Eng katta masala - mutaxassis yetishmasligi. Shuning uchun barcha hududlar bu borada aniq reja qilib, joylarda kadrlarni o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yishi kerak, - dedi Prezident.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida zamonaviy O‘quv-ishlab chiqarish laboratoriyasi tashkil etish, xorijda mutaxassislar malakasini oshirish, o‘rta bo‘g‘in ishchilarini tayyorlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda tarmoq mutasaddilari, hokimlar, tadbirkorlar so‘zga chiqib, takliflarini bildirgan.
https://t.me/shmirziyoyev/10798


Bu ham qiziq

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Özbekistonda bugun havo özgaruvçan böladi: ayrim hududlarda yomğir va qor yoğişi mumkin

Bugun, respublikaning aksariyat hududlarida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim joylarda biroz yomğir yoğişi mumkin. To…
17:51 / 19.11.2026
O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston IT xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar va moliyaviy xizmatlar sohasida Turkiya bilan hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda…
14:46 / 19.11.2026
Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida sanoat zonasi taşkil etilişi mumkin

Özbekistonda tibbiy mahsulotlar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş doirasida turk farmatsevtika kompaniyalari uçun alohida san…
14:39 / 19.11.2026
Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda mahkum qamoqxonadan turib narkosavdoni boşqargani aniqlandi

Toşkentda jazoni ijro etiş koloniyasida ötirib, uyali telefon orqali onlayn narkodökon faoliyatini boşqargan mahkum va uning…
16:10 / 19.11.2026
Turkiyada haydovçisi yurak xurujiga uçragan mikroavtobus dengizga quladi: bir kişi halok böldi

Turkiyada haydovçisi yurak xurujiga uçragan mikroavtobus dengizga quladi: bir kişi halok böldi

Turkiyaning Balikesir viloyati Ayvalik tumanida haydovçisi yurak xurujiga uçragan mikroavtobus dengizga quladi. Hodisa oqiba…
15:13 / 18.11.2026
Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

Tramp: Eron bilan mojaroni tugatiş uçun Rossiya yoki Xitoy yordamiga muhtoj emasmiz

AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan mojaroni hal qiliş va uruşni yakunlaş uçun Rossiya yoki Xitoydan yordam söraş niyatid…
16:58 / 19.11.2026
Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga qadar oltin qazib olişni 175 tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda 2030-yilga qadar oltin qazib oliş hajmini 175 tonnaga, kumuş işlab çiqarişni 500 tonnaga, mis işlab çiqariş quv…
14:06 / 19.11.2026
Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovo sobiq prezidenti Hoşim Taçiga yana qamoq jazosi tayinlandi

Kosovoning sobiq prezidenti Hoşim Taçi guvohlarga bosim ötkaziş va sud jarayoniga tösqinlik qilişda aybdor deb topilib, 1 yi…
10:14 / 19.11.2026
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2017-yildan buyon uch barobar o‘sdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash yig‘ilishi…
13:59 / 19.11.2026
“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

“Kokoş” va uning dugonalariga çiqarilgan hukm yuzasidan Toşkent şahar sudlari izoh berdi

Toşkent şahar sudlari bloger Komila Abduqodirova (“Kokoş”), aktrisa Barçin Ğofurova va bloger Nihola Rajabovaga nisbatan çiq…
15:21 / 18.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!