$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi parlamenti Spikeri bilan uchrashdi

17:34 / 17.12.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr kuni Seul shahrida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi Spikeri Pak Byon Sok bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama rivojlanib borayotgani, Mirziyoyevning ushbu davlat tashrifi ularga yangi kuchli sur’at bag‘ishlagani mamnuniyat bilan ta’kidlangan. Turli darajalarda, shu jumladan parlamentlararo hamkorlik yo‘nalishida samarali siyosiy muloqot va aloqalar faol davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston-Koreya munosabatlarini mustahkamlashda parlamentlararo “do‘stlik guruhlari” muhim o‘rin tutadi. Ta’kidlanishicha, joriy yil iyun oyida ularning onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Shuningdek, davlat boshqaruvini isloh qilish, fuqarolik jamiyati, gender masalalari, ta’lim va hududlarni rivojlantirishga doir qonun ijodkorligi masalalarida tajriba almashilmoqda.

Xususan, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada faollashtirish yuzasidan batafsil fikr almashilgan.
Milliy Assambleya Spikeri Koreya tajriba almashishni kengaytirishga, jumladan, O‘zbekistonda elektron parlament mexanizmlarini joriy qilishga ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirib o‘tgan.

Xabarda berilishicha, Koreya parlamenti vakillari kelgusi yilda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Jahon mamlakatlari parlamentlarining ayol spikerlari sammitida ishtirok etishini tasdiqlagan. 

Shuningdek, qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surishning yangi institutsional mexanizmlarini joriy qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlangani qayd etilgan. 

Bundan tashqari, tomonlar “Koreya Respublikasi – Markaziy Osiyo” hamkorlik forumi doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlaganlar.
Pak Byon Sok 2022-yilda tarixiy sanalar – diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi va koreys diasporasi O‘zbekistonda istiqomat qilishining 85 yilligini keng nishonlash bo‘yicha tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlalagan.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan samarali parlament nazoratini ta’minlash muhim ekani qayd etildi, deyiladi xabarda. Ikki mamlakat parlamentlari vakillari bu borada bor kuch va imkoniyatlarini ishga solishlarini aytib o‘tgan. 


Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!