$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev marhum akademik oilasiga hamdardlik bildirdi

18:55 / 19.01.2022

Kecha, 18-yanvar kuni taniqli adabiyotshunos olim, o‘zbek adabiy tanqidchiligining yetakchi namoyandalaridan biri, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Baxtiyor Nazarov 77 yoshida vafot etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirdi. 

Baxtiyor Nazarov 1945-yil 17-sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1966-yili Toshkent davlat universitetini (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) tugatib, mehnat faoliyatini maktab o‘qituvchiligidan boshladi, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti (hozirgi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti) aspiranturasida ta’lim oldi. Dastlab nomzodlik, so‘ngra doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildi. 2000-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi etib saylandi.

Iste’dodli olim o‘zining 55 yillik ilmiy pedagogik faoliyati davomida O‘zbekiston ensiklopediyasi tahririyati muharriri, Fanlar akademiyasi prezidenti maslahatchisi, bosh ilmiy xodimi, Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kichik, katta ilmiy xodimi, bo‘lim mudiri, ilmiy kotibi, direktori, Fanlar akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi ilmiy kotibi, bosh ilmiy kotib o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida samarali mehnat qildi.

O‘zbek adabiy tanqidchiligining ilmiy asoslarini yaratish bo‘yicha fundamental tadqiqotlar olib borib, sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shdi. Xususan, uning rahbarligida 10 nafar fan doktori va 20 dan ziyod fan nomzodlari tayyorlangan.

Baxtiyor Nazarovning XX asr o‘zbek adabiyoti va hozirgi adabiy jarayonga oid ilmiy ishlari, darsliklari, o‘nlab monografiya va risolalari, 200 dan ortiq ilmiy maqolalari zamonaviy o‘zbek adabiyotining badiiy saviyasini baholashda o‘ziga xos o‘rin tutadi.

Shuningdek, akademik Baxtiyor Nazarovning mamlakatimiz ilm-fanini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

 


Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!