$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
23° Kechasi 14°

Shavkat Mirziyoyev qator tashkilot rahbarlariga hayfsan va qat’iy ogohlantirish berdi

15:36 / 11.03.2022

Prezident raisligida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, 37 trillion so‘mlik yangi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 2022-2023-yillar uchun 2,5 mingta loyihani ishga tushirish bo‘yicha qabul qilingan dasturning aniq ijrosini so‘rash vaqti kelgani qayd etilgan.

Shuningdek, yigilishda Prezident ko‘p tarmoq va hudud rahbarlari bu masalada hali dunyoqarashini o‘zgartirmagani, hozirgi vaziyatdan xulosa chiqarmayotganini tanqid qilgan.

Ushbu dastur ijrosi bo‘yicha Farmasevtika agentligi rejani 51 foizga, “O‘zbekiston temir yo‘llari” esa 10 foizga bajarmagani,sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha ishlar boshlanmagani, “Issiqlik elektr stansiyalari” esa rejani atigi 26 foizga bajargani ko‘rsatilgan.

Shuning uchun Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyevga “hayfsan” e’lon qilindi. Uning ikkala o‘rinbosarini ishdan olishga ko‘rsatma berildi. 

Bosh vazirga mazkur Agentlik faoliyatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish topshirildi.

Qayd etish joiz, yig‘ilishda “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi v.b. X.Xasilovga “hayfsan”, "Issiqlik elektr stansiyalari" raisi F.Abduraxmonov, "O‘zmetkombinat" direktori R.Pirmatov, "O‘zbekneftgaz" raisining birinchi o‘rinbosari Sh.Alirizayevga qat’iy ogohlantirish berilgan.

Bundan tashqari, yanvar-fevral oylarida “Elektron kooperatsiya” portali orqali 860 mlrd. so‘mlik 5 mingta shartnoma tuzilgan bo‘lsada, ijrosi ayrim hududlarda bajarilmagani, elektron savdolarda Qoraqalpog‘iston, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi korxonalar ulushi 1 foizni ham tashkil qilmasligi tanqid qilingan.


Bu ham qiziq

Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Ozarbayjon va Marokash o‘rtasida viza rejimi bekor qilindi

Bu haqda mamlakat TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
10:04 / 05.05.2024
Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Bluetooth orqali sun’iy yo‘ldosh bilan aloqa o‘rnatildi

Endi buni oddiy inson telefonda ham amalga oshirishi mumkinligi aytilmoqda.
14:52 / 04.05.2024
18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

18 karatli oltindan yasalgan elektr velosipedning narxi qancha?

Bu velosipedning xaridorlari bormi?
12:28 / 04.05.2024
Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Qandli diabetga chalingan bolalarga sport mumkinmi?

Mutaxassis bu bo‘yicha ma’lumot berdi.
12:41 / 05.05.2024
“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush emas, balki dunyo bo‘ylab zolimlar va mazlumlar o‘rtasidagi kurashdir” – Xakan Fidan

“Bu Isroil va Falastin o‘rtasidagi urush emas, balki dunyo bo‘ylab zolimlar va mazlumlar o‘rtasidagi kurashdir” – Xakan Fidan

Turkiya TIV rahbarining ta'kidlashicha, agar Islom olamining birdamligi va birligi yo‘qolsa, yagona g‘olib Isroil va uning t…
11:08 / 05.05.2024
Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Aktyor Dueyn Jonson mas’uliyatsizlikda ayblanmoqda. U tufayli “Qizil” filmi 50 million dollar zarar ko‘rgan

Natijada “Qizil” filmi xarajatlari 200 million dollardan 250 million dollarga oshib ketdi.
16:50 / 05.05.2024
5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

5-may – Nogironlarning huquqlarini himoya qilish kuni

“Nogiron – jamiyatning teng huquqli a’zosi” deb nomlangan anjumanlar va xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
14:49 / 05.05.2024
Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Baliq suyagini yutib yuborgan ayol operatsiya qilindi

Shifokorlar uni zudlik bilan operatsiya qilish kerakligini aytishgan.
14:32 / 04.05.2024
Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Belgoroddagi portlash natijasida besh kishi jabrlandi

Qayd etilishicha, u portlash sababini aytmagan.
22:38 / 04.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!