$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

19:16 / 13.08.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qurilish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi.

Prezident tabrikda qurilish sohasi xodimlarining xizmati mamlakatda muhim o‘rinda ekanligini aytib, tashakkur izhor qildi.

“Avvalo, siz, azizlarni mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlug‘ kasb bayramingiz – Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga yuksak hurmat-ehtirom va samimiy tilaklarimni bildiraman.

Ma’lumki, mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlashda mazkur soha xodimlari – mohir quruvchi va me’morlar, mexanik va murakkab texnikalarni boshqarayotgan insonlar, loyihachi va dizaynerlar, qurilish sanoati vakillari va pudratchilarning mehnati hamisha muhim o‘rin tutib keladi.

Sizlarning timsolingizda shahar va qishloqlarimizda, butun yurtimizda yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalari, muhim ijtimoiy ob’ektlar, zamonaviy uy-joylar, yo‘l va ko‘priklar barpo etib, hayotimizni yanada go‘zal va obod qilishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan olijanob kasb egalarini ko‘ramiz.

Ushbu quvonchli ayyomda sizlarni Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida e’zozlab, sha’ningizga eng yuksak ta’rif va tilaklarimizni izhor etamiz, fidokorona mehnatingiz uchun chin dildan tashakkurlar aytamiz.

Aholini arzon va sifatli turar-joy bilan ta’minlash dasturlari doirasida namunali ko‘p qavatli uylar atrofida madaniyat va san’at markazlari, sport inshootlari, tibbiyot muassasalari va boshqa maskanlar barpo etilayotgani, “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha 413 ta mahallaning bosh rejasi ishlab chiqilayotgani inson haqidagi e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy namunasidir.

Siz, azizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

Qo‘lingiz hech qachon dard ko‘rmasin, mehnatingizning rohatini ko‘ring, aziz bunyodkorlar!”, – dedi Prezident.


Bu ham qiziq

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!