$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Sharl Mishel bilan telefon orqali suhbatlashdi

17:26 / 04.07.2022

Bugun, 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Suhbat avvalida davlat rahbari Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlarni amalga oshirishga ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun alohida minnatdorlik bildirgan.

Yevrokengash Prezidenti, o‘z navbatida, O‘zbekistonning kuchli fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish sari ochiq islohotlar yo‘lini davom ettirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.

Shu ma’noda Qoraqalpog‘istondagi vaziyatning ba’zi buzg‘unchi kuchlar tomonidan izdan chiqarilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi alohida qayd etilgan. Sharl Mishel jinoiy unsurlar tomonidan uyushtirilgan tartibsizliklar natijasida qurbon bo‘lganlarning oilalari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazishni so‘radi.

Shuningdek, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning tayyorlanishini yakuniga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

“Preferensiyalar bosh tizimi plyus” afzalliklaridan foydalangan holda o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar amaliy hamkorlikning aniq dastur va loyihalarini, eng avvalo, “yashil iqtisodiyot”, raqamlashtirish, innovatsiyalar, logistika, qishloq xo‘jaligi, ekologiya, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida ilgari surish masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelayotgan vaziyat hamda YeI tuzilmalari bilan ko‘p tomonlama muloqotning darajasini yanada yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, shuningdek, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan Afg‘onistonda mustahkam tinchlik qaror topishiga ko‘maklashish va uning xalqiga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatishga qaratilgan yirik xalqaro tadbirlarni mamlakatimizda tashkil etish masalasi qo‘llab-quvvatlandi.


Bu ham qiziq

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonda aholiga ajratilgan 1,1 tonna gazni noqonuniy sotmoqçi bölganlar uşlandi

Özbekistonning turli hududlarida aholiga ajratilgan suyultirilgan gazni tijoriy narxda sotiş maqsadida noqonuniy saqlaş bila…
14:16 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!