$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Tashqi ishlar vazirini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

10:18 / 27.08.2022

Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov O‘zbekistonning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi delegasiyaning Ashxobodga tashrifi doirasida Rashid Meredovga O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini, strategik sherikchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun “Do‘stlik” ordenini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tgan.

O‘zbekiston Prezidentining tegishli Farmonini Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov o‘qib eshittirgan.

Rashid Meredov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga uning faoliyatiga berilgan yuksak baho va “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani uchun minnatdorlik bildirgan.

Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bundan buyon ham ikki qardosh davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali va strategik sheriklikni rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirish niyatida ekanini ta’kidlagan.

Shuningdek, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning farmoni bilan O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, prezidentning tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov hamda tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Turkmanistonning “Galkinish” (“Tiklanish”) ordeni bilan taqdirlandi.

Mukofotni 26-avgust kuni Ashxobodda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov topshirdi. Mukofot “Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishdagi ulkan xizmatlari uchun” topshirilgan.

 

 


Bu ham qiziq

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!