$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev yangi — 2022-yil munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

00:12 / 01.01.2022

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini yangi – 2022-yil bilan tabrikladi.

“Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni, Yangi – 2022-yil bilan samimiy muborakbod etaman. Shu quvonchli damlarda barchangizga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxtu saodat tilayman!

Bugun, Yangi yil ostonasida turib, o‘tayotgan yildan rozi bo‘lsak, Yaratganga har qancha shukronalar aytsak, arziydi.

“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” hayotimizda yorqin iz qoldirmoqda. Yil davomida sizlar bilan birga ulkan ishlarni amalga oshirdik.

Pandemiya va global inqirozga qaramasdan, yurtimizda yuqori iqtisodiy o‘sish ta’minlandi. Ko‘plab korxonalar, klaster va texnoparklar, zamonaviy infratuzilma tarmoqlari barpo etildi.

Yangi-yangi uy-joylar, bog‘cha va maktablar, oliygoh va shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari foydalanishga topshirilmoqda.

Tadbirkorlik harakati, jumladan, xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligi jadal rivojlanmoqda.

Dehqon va fermerlarimiz fidokorona mehnat qilib, bu yil ham mo‘l hosil yetishtirdilar.

Shahar va qishloqlarimiz obod bo‘lib, Yangi O‘zbekistonning betakror qiyofasi shakllanmoqda.

Bilimdon va g‘ayratli yoshlarimiz katta-katta yutuqlari bilan xalqimizni yanada quvontirmoqda. Mamlakatimizning xalqaro nufuzi tobora yuksalmoqda. Fursatdan foydalanib, xorijiy hamkorlarimiz, chet davlatlar xalqlarini Yangi yil bilan tabriklab, ularning barchasiga tinchlik va ravnaq tilaymiz.

Aziz do‘stlar!

Yurtimizda keng ko‘lamli islohotlarimiz barqaror tus oldi.

Ularni yanada rivojlantirish maqsadida biz Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqdik.

Uning asosida “Inson qadri uchun”, degan ulug‘vor g‘oyani amalga oshiramiz.

Biz yangi yilga nom berishda, keng jamoatchilikning fikrlarini o‘rgandik. Ana shu takliflardan kelib chiqib, men Yangi – 2022-yilni mamlakatimizda "Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili" deb e’lon qilishni taklif etaman.

Inson qadrini ulug‘lash – yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash demakdir.

Bu borada jamiyatimiz asosi bo‘lgan mahalla hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi.

Mahalla obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi.

Shu bois, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish faoliyatimizning bosh mezoniga aylanadi.

Bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz.

2022-yilda iqtisodiyotimiz tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Aholi daromadlarini ko‘paytirish, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga qaratilgan muhim ishlarni davom ettiramiz.

Ijtimoiy sohalar, ayniqsa, sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirishga barcha resurslar jalb etiladi.

Muhtaram urush va mehnat faxriylarini, aziz ayollarimiz hamda yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ko‘makka muhtoj insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga alohida e’tibor beramiz.

Yurtimizni yanada obod qilish, zamonaviy uy-joylar, jumladan, barcha hududlarimizda "Yangi O‘zbekiston massivlari"ni qurish asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.

Ishontirib aytamanki, xalqimizning hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Aziz va qadrli vatandoshlarim!

Barchangizni Yangi – 2022-yil bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman!

Yangi yilimiz qutlug‘ va barakali kelsin!

Keksalarimizning umrini, yoshlarimizning kamolini bersin!

Dilbar ayollarimizga doimo baxtu iqbol yor bo‘lsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!”

Shavkat Mirziyoyev,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!