$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

SHHT sammiti kunlarida Samarqand shahri aholisiga uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatiladi – SSV

09:44 / 13.09.2022

Xabar berilganidek, joriy yilning 15-16-sentabr kunlari Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining O‘zbekiston mezbonligida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, 14-sentabrdan 17-sentabrga qadar Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanishi haqida ma’lum qilingan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi shu kunlarda shahar hududida tibbiy yordamni tashkil etish bo‘yicha bir nechta yangiliklarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sammit kunlari davomida Samarqand shahrida tibbiy yordam 3 yo‘nalishda tashkil etiladi:

tez tibbiy yordam ko‘rsatish;
ambulator yordam ko‘rsatish;
shifoxonada shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish.

Shahar aholisiga 50 ga yaqin tez tibbiy yordam mashinasi va shuncha tibbiy brigada jalb etilgan bo‘lib, ular chaqiriqlar bo‘yicha odatdagidek faoliyat olib boradi.

Ambulator yordam ko‘rsatish uchun Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha oilaviy poliklinikalarda odatdagidek soat 8:00 dan 20:00 gacha ish foaoliyati olib boriladi.

Shuningdek, har bir mahalla fuqarolar yig‘inida aholiga tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida oila shifokorlari va 2 nafar hamshiradan iborat tibbiy punktlar tashkil qilingan. Ular birinchi yordam uchun zarur dori-darmon vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu orqali yengil darajadagi bemorlarga mahallaning o‘zida ambulator yordam ko‘rsatish ta’minlanadi.

Shoshilinch holatlarda “103” xizmatiga murojaat qilinadi!

Alohida ta’kidlash joizki, konservativ davolanishga muhtoj bemorlarga tuman shifoxonalarida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish uchun viloyat shifoxonalarida faoliyat ko‘rsatuvchi malakali mutaxassislar jalb etiladi.

Bundan tashqari, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda mobil tez tibbiy yordam brigadalari tomonidan viloyat shifoxonalaridan malakali mutaxassislar tuman va shahar birlashmalariga yuborilib, shu joyning o‘zida shoshilinch operasiyalar o‘tkazish imkoniyatlari yaratiladi.

Bu boradagi barcha harakatlar vazirlik tomonidan Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasida tashkil etilgan markaziy shtab orqali boshqarib boriladi.


Bu ham qiziq

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyada 48 qavatli osmonöpar bino quyoş elektr stansiyasiga aylantirildi

Avstraliyaning Melburn şahrida joylaşgan 48 qavatli ofis binosining taşqi devorlari va tomiga 1 391 ta quyoş paneli örnatild…
10:32 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!