$
12044.72 UZS
-11.18
₽
145.46 UZS
1.3
€
13525.02 UZS
-47.51
31° Kechasi 18°

Shimoliy Koreya “malika”si: Kim Chen Inning qizi – “taxt”ning yangi vorisi(mi)?

15:40 / 24.04.2023

So‘nggi bir necha oy ichida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In omma qarshisida 10 yoshli qizi Kim Chju E bilan birgalikda ko‘rinish bera boshladi. Bu siyosatshunoslarning ayrimlari tomonidan Shimoliy Koreya “taxti”ning kelgusida kimga topshirilishiga ishora deya baholandi. Otasining doimiy hamrohiga aylangan Kim Chju E haqiqatan ham kelgusida mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkinmi? Hokimiyati avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan davlat yetakchisining boshqa vorislari ham bormi? Bugun shu haqida gaplashamiz.

Kim Chju E

Kim Chen In shu vaqtga qadar mamlakat aholisiga ko‘rinish bermagan qizi Kim Chju Eni fuqarolar bilan o‘tgan yilning noyabr oyida tanishtirdi.

Qizaloq shundan buyon ommaviy tadbirlar vaqtida mamlakat yetakchisiga hamrohlik qila boshladi, bu esa nafaqat mahalliy, balki jahon nashrlarining ham e’tiborini o‘ziga qaratdi. Qizning ballistik raketa uchirilishi, harbiy omborlarni ko‘zdan kechirish, generallar bilan uchrashuvlar, harbiy paradlar vaqtida otasiga hamrohlik qilishi ko‘pchilik uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi. Joriy yil 17-fevral kuni Kim Chjuning suratlari butun dunyo nashrlarini yana bir karra zabt etdi: mamlakat “malika”si shu kuni Kim Chen In bilan birgalikda harbiylar va KXDR hukumati jamoalari o‘rtasidagi futbol matchini tomosha qilishga bordi. 25-fevral kuni esa Shimoliy Koreya yetakchisi Pxenyan shahridagi yangi tuman qurilishiga bag‘ishlangan marosimni qizi bilan birgalikda ochib berdi. Chju E bino poydevoriga tuproq tashlash marosimida ishtirok etdi. Bu Shimoliy Koreya “malika”sining harbiy tadbir bilan bog‘liq bo‘lmagan vaziyatda ilk marta ko‘rinish berishi edi.

Qizaloqning kameralar qarshisida bunchalar faol bo‘lib qolgani ko‘pchilik tomonidan uning kelgusida mamlakat hokimiyatini o‘z qo‘liga olishi mumkinligiga ishora deb baholandi. Darhaqiqat, boshqaruvni o‘z otasidan qabul qilib olgan Kim Chen In uni farzandiga topshirishi ehtimoldan xoli emas.

Kim Chen In farzandini o‘zining vorisi sifatida mamlakat boshqaruvini qabul qilib olishga tayyorlayotgani haqidagi fikrlarni mahalliy nashrlar, mamlakat yetakchisining atrofidagi amaldorlar va generallar qizga o‘zgacha hurmat bilan munosabatda bo‘layotganlaridan ham payqash mumkin. Chju Ega nisbatan “sevimli, hurmatli farzand” kabi ta’riflarning ishlatilayotgani mamlakat aholisi Kim Chen Inni otasining vorisi sifatida qabul qila boshlagan vaqtlarini yodga solmoqda. Kim Chen Inning AQShdan siyosiy boshpana so‘ragan xolasi Ko Yen Sok KXDR fuqarolari uni 8 yoshlik vaqtidan kelgusida hokimiyatni qo‘lga oluvchi voris sifatida qabul qila boshlaganlarini aytadi.

Kim Chju Ening otasi bilan birga tushgan surati yaqindagina chiqarilgan pochta markalaridan joy olgani ham bu fikrni yana bir karra isbotlashi mumkin.

“Agar Kimning qizi bilan tez-tez ko‘rinish berayotgan vaziyatlari va qizga qanday munosabatda bo‘la boshlaganlarini tahlil qilsak, Kim Chen In uni kelgusida hokimiyatni otasining qo‘lidan qabul qilib oluvchi voris sifatida ko‘rayotgani aniq bo‘ladi”, – deydi Qirol Sejon nomidagi Birlashuv strategiyasini o‘rganish markazi direktori Chon Son Chjan.

Janubiy Koreyaning sobiq birlashuv vaziri Chon Se Xyon ham aynan mana shunday fikrda.

“KXDRda pochta markalarining chiqarilishi – kimnidir ulug‘lashning an’anaviy usullaridan biri hisoblanadi. Markalarda qizning surati paydo bo‘lishi u otasining vorisiga aylanganini bildiradi”, – deydi u.  

Janubiy koreyalik ekspertlarning ayrimlari qizning kelgusida hokimiyatni egallashi mumkinligi oson bo‘lmasligini aytishmoqda. Ularning fikricha, Kim Chju E davlat boshqaruvini qo‘lga olish uchun hali juda yoshlik qiladi, ustiga-ustak u ayol kishi.

“Shimoliy Koreyada shunday qoida mavjud: bitta joyda ishlaydigan yoki bitta oliygohda o‘qiydigan qizlar (ayollar) tengdosh yigitlar (erkaklar)ga “siz” deb murojaat qilishlari shart. Yigitlarga esa tengdosh qizlarni sensirash imkoniyati berilgan. Kim Chju E mamlakat yetakchisining oilasidan bo‘lsa ham, Kim Chen In o‘zidan keyin davlat boshqaruvni qiziga topshirishi – qiyin masala”, – deydi shimoliy koreyalik qochoqlardan biri.

Yana ayrimlar esa Kim Chju Ening omma qarshisida tez-tez ko‘rinish berayotgani – KXDRning yadroviy dasturi uchun o‘ylab topilgan piar ekanligini aytishmoqda.

“Kim Chju Ening raketa uchirish tadbirlari, harbiy paradlarda ishtirok etishi Kim Chen In tomonidan o‘ylab topilgan tomoshaga o‘xshaydi, u mazkur tomosha orqali yadroviy qurolning ahamiyati va uning mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun qanchalar zarur ekanligini ko‘rsatishga urinayotgan bo‘lishi ham mumkin”, – deydi Konguk universititeti professori Chon Yon Son.  

Shuningdek, Shimoliy Koreya yetakchisi qizi yordamida singlisi Kim Yo Chjonning hokimiyatni egallash haqidagi orzularini puchga chiqarishga harakat qilayotganini taxmin qilganlar ham yo‘q emas.

“Kim Chen In singlisiga nisbatan amakisi Chan Son Txekka nisbatan tanlangan usul – qatl chorasini qo‘llay olmaydi. Shuning uchun ham qizini ommaga ko‘rsatish va uni o‘zining doimiy hamrohiga aylantirish yo‘li bilan Kim Yo Chjonni chetga surib chiqarmoqchi”, – deydi Asan siyosat institutining katta ilmiy xodimi Chxa Du Xyon.

Kim Chen Inning nechta farzandi bor?

Shimoliy Koreya yetakchisining shaxsiy hayotiga qiziqish o‘ta kuchli bo‘lsa-da, uning oilasi haqidagi ma’lumotlar juda kam.

Kim Chen Inning qizi borligi haqida odamlar NBAning sobiq o‘yinchisi Denis Rodman Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgandan so‘ng xabar topishgan. Sportchi Kim Chen In bilan uchrashgan vaqtda un qizini ko‘tarib olgan va mamlakat yetakchisining qizi haqida ochiq gapirgan birinchi odam bo‘lgan. Janubiy Koreya razvedka xizmatining aniqlashicha, Kim Yo Chjon 2013-yilning 19-fevral sanasida dunyoga kelgan.

Kim Chen Inning aslida nechta farzandi borligini hech kim bilmaydi. Ayrimlar mamlakat yetakchisining o‘g‘il farzandi borligi, uning 2010-yilda dunyoga kelganini aytishadi. Ayrimlar esa mamlakat yetakchisining o‘g‘il farzandi yo‘q ekanligini ta’kidlaydilar. Ochiq manbalarda uning farzandlari nechta ekanligini tasdiqlashi mumkin bo‘lgan haqida hech qanday ma’lumot ham, surat ham mavjud emas. 

Kim Yo Chjon – mamlakatning ikkinchi raqamli odami

Shimoliy Koreya yetakchisining qizi omma qarshisida ko‘rinish bera boshlaguniga qadar ekspertlar Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon uning vorisi ekanligini taxmin qilar edilar.

Kim Yo Chjon Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi apparatidagi asosiy lavozimlardan birini egallagan. U tashqi siyosat masalalari bo‘yicha qat’iy va shov-shuvli bayonotlar berishi bilan mashhurlikka erishgan. Seul rasmiylarining aytishlaricha, Pxenyanning Janubiy Koreya, AQSh va boshqa mamlakatlar bilan diplomatik aloqalarini aynan Kim Yo Chjon nazorat qiladi.

Kim Chen Inning qizi bilan doimiy hamrohga aylanib qolgani Kim Yo Chjonning mashhurligiga putur yetkazdi. Uning mahalliy televideniye orqali chiqishlari ham avvalgiga nisbatan kamaygan. Ekspertlar uning hamon davlat yetakchisi atrofida ekani, ammo endilikda mamlakatdagi “ikkinchi raqamli odam” hisoblanmasligini aytib o‘tishgan.

Ma’lumot uchun, Kim Yo Chjon ayni vaqtda 35 yoshda – u 1987-yilning 27-sentyabr kuni tavallud topgan. Mish-mishlarga qaraganda, Yo Chjon 2015-yilda yuqori lavozimli amaldorlardan birining o‘g‘liga turmushga chiqqan va farzandli bo‘lgan. Ammo bugunga qadar uning turmush o‘rtog‘i kimligini ham, aslida farzandi bor yoki yo‘q ekanligini ham hech kim bilmaydi.

Kim Chen Inning ikki akasi: biri o‘ldirilgan, ikkinchisi esa...

Kim Chen Inning akasi Kim Chjon Namga uzoq vaqt mobaynida Kim Chen Irdan keyin mamlakat hokimiyatini egallovchi voris sifatida qaralgan. Ammo uning xorijiy davlatlarda hayot kechirishi hisobiga voris sifatida Kim Chen In tanlab olingan. Kim Chjon Nam 2017-yili 46 yoshida Kuala-Lumpurda o‘ldirib ketilgan. G‘arb va Janubiy koreyalik ekspertlarning aytishlaricha, uning o‘ldirilishida Kim Chen Inning qo‘li bo‘lishi mumkin, ammo buni isbotlovchi dalillar mavjud emas.

Davlat yetakchisining ikkinchi akasi Kim Chjon Chxol 1981-yilning 25-sentyabrida tavallud topgan. U ayni vaqtda 41 yoshda va Shimoliy Koreyada istiqomat qiladi. Kim Chjon Chxol siyosatga mutlaqo qiziqmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u tabiatan o‘ta yumshoqko‘ngil odam va uni musiqadan boshqa yo‘nalishlarga ortiqcha qiziqishi yo‘q.

Muallif: Oydin Ismatullayeva 

 



														
														Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Germaniyada 13 yoshga to‘lmagan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.

Hukumat, shuningdek, platformalarga dastlabki bosqichdanoq bolalar xavfsizligini hisobga olish majburiyatini yuklamoqchi.
08:37 / 19.10.2026

														
														Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Oq Uy matbuot kotibi 5 kunlik ishdan keyin lavozimidan bo‘shatildi

Avvalroq, AQSh rahbari Zaxariyani Oq Uy matbuot kotibi etib tayinlagan edi.
16:19 / 17.10.2026

														
														Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

Turkiyada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi

15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga qo‘shimcha cheklovlar bilan ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga ruxsat beriladi.
17:20 / 10.10.2026

														
														Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Tramp yana Nobeldan quruq qoldi. Mukofot afrikalik ayolga nasib etdi.

Yurist, Ruanda bo‘yicha Xalqaro jinoiy tribunalning sobiq raisi, 2008-2014 yillarda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy ko…
16:30 / 09.10.2026

														
														AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

AQShda 13 harbiyni otib o‘ldirgan shaxs 3-dekabr kuni qatl qilinadi

Pentagon ma’lum qilishicha, AQSh armiyasi 2009-yilda Fort-Xud harbiy bazasida 13 nafar harbiyni otib o‘ldirgan shaxsga nisba…
11:19 / 09.10.2026

														
														Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha urush sharoitida davlatni boshqarish tartibini belgilovchi qonun loyihasini tayyorlamoqda

Polsha Milliy mudofaa vazirligi mamlakatning urush va zamonaviy xavfsizlik tahdidlariga to‘liq tayyorgarligini ta’minlashga …
09:41 / 03.10.2026

														
														IShIDni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik erkak AQShga ekstraditsiya qilindi

IShIDni moliyalashtirgan o‘zbekistonlik erkak AQShga ekstraditsiya qilindi

O‘zbekistonlik, hozirda Amerika fuqarosi bo‘lgan erkak xorijiy terroristik tashkilotlarga moddiy yordam bergani uchun ayblov…
10:01 / 26.09.2026

														
														Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Bolalar xavfsizligi: Yevropa ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh chegarasini kuchaytirmoqda

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen bolalarni ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan himoya qilish bo‘yicha yangi…
10:51 / 17.09.2026

														
														AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda saylov oldidan musulmonlarga qarshi ritorika kuchaymoqda.

AQSHda joriy yilning noyabr oyidagi oraliq saylovlar yaqinlashar ekan, ayniqsa Respublika partiyasi vakillari tomonidan musu…
16:23 / 13.09.2026

														
														Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya qoldi

Kecha, 9-sentyabr kuni Moldovadan Norvegiyaga uchayotgan Zelenskiyning samolyoti dron bilan to‘qnashib ketishiga bir baxya q…
11:21 / 10.09.2026

Bu ham qiziq

Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyada O‘zbekistonga olib ketilayotgan 31 kg qo‘ziqorindan seziy-137 aniqlandi

Rossiyaning Domodedovo aeroportida O‘zbekistonga uchib ketayotgan 32 yoshli yo‘lovchining yukidan tarkibida radioaktiv modda…
09:24 / 20.10.2026
Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkentda 17 yoshli kuryerni haqoratlagan shaxsga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida restoran xodimi 17 yoshli kuryer bilan janjallashib, uni haqorat qilgani va tahdid qilg…
09:50 / 19.10.2026
O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2026-yil 1-oktyabr holatiga 39 million 535 ming 225 kishini tashkil etdi. Bu haqda Milli…
09:41 / 19.10.2026
Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoroda Malibu-2 haydovchisi 201 km/soat tezlikda harakatlandi

Buxoro shahrida Malibu-2 haydovchisi tezlik cheklovi 60 km/soat bo‘lgan hududda 201 km/soat tezlikda harakatlandi. Avtomobil…
15:28 / 19.10.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston – AQSH iqtisodiy hamkorligining yangi ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi.

Muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va sun’iy intellektni joriy …
08:19 / 20.10.2026
O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

O‘zbekistonda 2,8 mln kishi o‘ziga kredit olishni taqiqladi

2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 mln 841 ming 475 nafar fuqaro “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalangan. Bu…
09:28 / 20.10.2026
Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

Rubio: AQSh Markaziy Osiyoda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirmoqchi

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 2026-yil 19-oktabr kuni Samarqandga tashrifi chog‘ida Amerika kompaniyalari O‘zbekistonda yan…
15:23 / 19.10.2026
Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

Ronaldu 300 mln dollar daromad bilan dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi kutilmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026/2027-yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi ku…
15:35 / 19.10.2026
Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

Toshkentning to‘rt tumanida shar sabab elektr ta’minoti uzildi

19-oktyabr kuni havoda uchib kelgan shar “Aksa Toshkent” issiqlik elektr stansiyasining ochiq taqsimlash qurilmasiga tushish…
11:01 / 20.10.2026
Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiqni ovlaganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida Qizil kitobga kiritilgan bir dona Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i va uch dona yovvoyi t…
09:57 / 18.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!