$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 541 yil to‘ldi

09:58 / 14.02.2024

Buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida alohida o‘rin egallagan adib, shoir va olim bo‘lgan.

Keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati sababli Bobur begona yurt — Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi. Katta ilmiy-ma’rifiy ahamiyatga ega “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari hisoblanadi. Ilmiy asarlari bugunga qadar o‘rganilib kelmoqda va alohida ahamiyatga ega.

Bobur merosi va boburiylar qadamjolarini o‘rganish hozir ham davom etmoqda va bu ishlar natijasida keng jamoatchilik e’tiboriga yana yangi asarlarlar hamda ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

Otasi, Amir Temurning pannevarasi Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi bo‘lgan va onasi Qutlug‘ Nigor xonim Toshkent xonlari avlodidan bo‘lgan. 1494-yili Umarshayx Mirzo vafot etgach, 12 yoshli Zahiriddin taxtga o‘tirib, Farg‘ona hokimi bo‘lgan. Ammo taxtga o‘tirgandan keyingi 11 yil davomida O‘rta Osiyoda ro‘y bergan turli siyosiy o‘zgarishlar uni qarindoshlari va 250 tacha piyoda askarlari bilan avval Badaxshon, so‘ng Kobulga ketishga majbur etgan.

Zahiriddin Bobur yoshligidanoq turli sayohatlarni yaxshi ko‘rgani haqida ma’lumotlar bor. Bunday safarlarda chiniqqan, yosh bo‘lishiga qaramay, o‘lkamizning geografik qiyofasini tasavvur qila olgan. Olim 15-16 yasharligida Farg‘ona, Samarqand va Toshkent oralig‘ini bir necha marta kezib chiqqan. 19 yoshga to‘lgan yili Hisor tarafidan toqqa ko‘tarilib, Fondaryo va Iskandarko‘l orqali Zarafshon vodiysiga o‘tib, Samarqandga kelgan. U bu haqda shunday yozadi:

“Qamrud darasiga kirib, yuqori tomonga qarab ketdik. Tor va uchma yo‘llarda, baland va tik dovonlarda ko‘p ot va tuya qoldi. Uch-turt manzil qo‘nib, Siratog‘ dovoniga yetdik. Dovonmisan-dovon. Hech qachon bunday baland va uchma yo‘llar bilan yurmagan edik. Ko‘p tashvish va mashaqqatlar bilan xatarli tor va uchmalardan o‘tib, yuz azobu zahmatlar bilan halokatli balandliklar, tor dovonlardan oshib, Fon tumaniga keldik. Fon tog‘larining orasida bir katta ko‘l bor, uning muhiti - sathi taxminan bir sha’riy keladi, ajab ko‘ldir, g‘aroyibotdan holi emas...”.

Bobur Hindistonda yirik davlat tuzishga muvaffaq bo‘lgan va poytaxt sifatida Jamna (Yamuna) daryosi bo‘yidagi Agra shahrini tanlagan. U 1530-yil 26-dekabrda vafot etgan. Dastlab Agra shahridagi muvaqqat maqbaraga dafn etilgan, keyinchalik xoki Afgoniston poytaxti Kobulga ko‘chirilgan va hozirda shoirning maqbarasi Kobuldagi Bog‘i Boburda joylashgan.


Bu ham qiziq

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarqida qiyin ahvolga tuşgan özbekistonliklar vatanga qaytarildi

Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh…
09:51 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!