Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Xavining “Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida gapirdi.
“Men sobiq futbolchilarning murabbiylikni boshlaganlaridan doim xursand bo'laman. Xavi “Barsa”da hech kimga o'xshamaydi, u qanday ishlashni juda yaxshi biladi.
O‘ylaymanki, murabbiy sifatida u har doim o‘zi o‘ylagan ko‘rsatmalarni jamoasiga o‘tkaza oladi. Xavi butun umr orzu qilgan joyiga keldi.
Qaysi yo‘nalishda harakat qilish kerakligini u darhol tushunadi”, - deydi Simeone AS nashriga bergan intervyusida.
Oldinroq Xavi “Barsa” bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzolagani haqida xabar berilgandi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!