$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Sirdaryoda 1,5 mln. xonadonni qoʻshimcha elektr energiyasi bilan taʼminlovchi quvvati 1 600 MVt boʻlgan IES quriladi

20:08 / 19.11.2021

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Sirdaryo viloyatida 1600 MVt quvvatga ega boʻlgan issiqlik elektr stansiyasini qurish boʻyicha xalqaro tender natijalari eʼlon qilindi.

Dastlabki malaka tanlovida Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA va Fransiyadan 10 ta kompaniya ishtirok etib, ulardan 8 tasi ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan.

Talabgorlarning taqdim etilgan malakaviy maʼlumotlarni baholash natijalariga muvofiq, Sirdaryo viloyatidagi loyiha boʻyicha 2 ta kompaniya va 1 ta konsorsiumdan yuborilgan elektr energiyasi tariflari toʻgʻrisidagi moliyaviy takliflar ochilishiga ruxsat berilgan.

Bular “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni Podshohligi) hamda “Powerchina Resources Ltd” (XXR) kompaniyalari, shuningdek, “EDF” (Fransiya), “Nebras Power” (Qatar), “Sojitz Corporation” (Yaponiya) kompaniyalar konsorsiumidir.

“EDF, Nebras Power, Sojitz Corporation” (Fransiya, Qatar, Yaponiya) kompaniyalar konsorsiumi ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 3,367 AQSh syentga teng boʻlgan tarifi bilan issiqlik elektr stansiyasini qurish boʻyicha xalqaro tender gʻolibi deb eʼlon qilingan.

“Powerchina Resources Ltd” (XXR) ishlab chiqariladigan 1 kVt*s elektr energiya uchun 3,471 AQSh syentga teng boʻlgan tarifi bilan ushbu tenderning zaxira gʻolibi boʻlgan.

Taʼkidlanishicha, 2025-yilning oʻrtasida ishga tushirilishi kutilayotgan elektr stansiyasi yiliga 12 mlrd. kVt*s elektr energiyasi ishlab chiqarishni taʼminlaydi.

Keltirilishicha, ushbu loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekistonga ekologik toza elektr energiyasi hajmini oshirish maqsadlariga erishish, 1,5 mln. xonadonni qoʻshimcha elektr energiyasi bilan taʼminlash, shuningdek, qurilish vaqtida 1 000 ga yaqin yangi hamda stansiyadan foydalanish vaqtida 50 ta doimiy ish oʻrni yaratishga imkon beradi.

Oʻz navbatida, loyihani amalga oshirishga jalb qilinayotgan investitsiyalar miqdori esa 1,2 mlrd. dollarga baholanmoqda.


Bu ham qiziq

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Epsteyn işi böyiça yangi tafsilotlarni oşkor qildi

Özbekistonlik model Roza (ismi özgartirilgan) 2009-yilda AQŞga borgaç, modellik agentligi tomonidan jinsiy jinoyatlarda aybl…
10:18 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

AQŞda tanker bilan töqnaşgan kruiz kemasi Missisipi daryosiga çökib ketdi

2026-yil 13-noyabr kuni AQŞning Nyu-Orlean şahrida Missisipi daryosida tanker kemasi kruiz kemasi bilan töqnaşdi. Hodisa oqi…
09:48 / 14.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!