$
12720.00 UZS
-7.96
140.04 UZS
0.58
13827.91 UZS
46.07
18° Kechasi 12°

Sirdaryoda yoshlar yetakchisi vaqtinchalik viloyat hokimi bo‘ldi

12:18 / 06.01.2024

Viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ayni kunda qisqa muddatli mehnat ta’tilida bo‘lganligi sababli ilg‘or yoshlar yetakchilaridan biri Rahimjonov Dilmurod Bahodir o‘g‘li viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad zamonaviy bilim va tafakkurga ega, tashabbuskor kadrlarni tayyorlash, yoshlarga o‘z rahbarlik qobiliyatlarini to‘la namoyon etishlari uchun zamin hozirlash va ularga motivatsiya berishdan iborat.

Viloyat hokimi o‘rinbosarlari va boshqaruv apparati xodimlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda D.Rahimjonov hokimlik jamoasiga tanishtirildi.

Unda so‘zga chiqqan viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Raximjon Boboyev viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev tashabbusi bilan amaliyotga tatbiq etilayotgan ushbu tajribaning ahamiyati xususida to‘xtaldi.

Bugundan o‘z vazifasiga kirishgan D. Rahimjonov belgilangan kun tartibiga muvofiq viloyatdagi investitsion loyihalar, ijtimoiy soha obyektlari, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, hududlarda sayyor qabul hamda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 28 yoshli D. Rahimjonov 2022-yildan buyon Guliston shahar Do‘stlik mahallasi yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. U 2023-yilda o‘tkazilgan "Yilning eng namunali yoshlar yetakchisi" Respublika tanlovida 3 o‘rinni egallagan.


Bu ham qiziq

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

Iyun oyidan boshlab poyezdlardagi ba’zi yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnov yo‘lga qo‘yiladi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
17:09 / 17.05.2024
O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

O‘zbekistonda  Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi

Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.
13:14 / 18.05.2024
Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

Surxondaryoda chiqindi uchun to‘lov qimmatlashdi

2024-yil 17-may kuni Surxondaryo viloyati hokimining yangi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra, chiqindilarni to‘plash, olib ke…
18:01 / 18.05.2024
Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

Malayziya Bosh vaziri Samarqandga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashr…
10:49 / 18.05.2024
Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Serdar Berdimuhamedov turkman xalqiga tabrik yo‘lladi

Bu haqda, “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
15:41 / 18.05.2024
18-may uchun ob-havo ma’lumoti

18-may uchun ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18, kunduzi 22-24 daraja iliq bo‘ladi.
17:35 / 17.05.2024
BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

BMT: Isroil hujumlari tufayli 630 mingdan ortiq odam Rafahni tark etishga majbur bo‘ldi

Hozirda Rafahdan ko‘p sonli odamlar kelishi tufayli mintaqadagi vaziyat og‘ir.
17:38 / 17.05.2024
AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

AQShda o‘zbekistonlik erkak shahvoniy ishlari uchun 19 yilga qamaldi

Sulton Nuriyev umrbod nazoratda bo‘lishi mumkin.
17:01 / 17.05.2024
Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Gormonlar buzilishi nimalarga sabab bo‘ladi?

Charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlar kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.
14:27 / 18.05.2024
Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Mirziyoyev Malayziya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Uchrashuvdan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev va Anvar Ibrohim Ko‘ksaroy qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda darax…
09:23 / 18.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!