$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Sogʻliqni saqlash vaziriga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

17:41 / 12.09.2023

Prezident qarori bilan Farrux Sharipov, Farxodjon Tashpulatov va Olim Omonov sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosarlari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, Farrux Raximovich Sharipov Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Farrux Sharipov 1969-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1993-yil Samarqand davlat tibbiyot instituti, 2010-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2002−2009-yillarda Toshkent tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, 2009−2012-yillarda Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida mehnat qilgan. 2012−2014-yillarda Sogʻliqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshligʻi boʻlgan. 2015−2016-yillarda Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Farrux Sharipov 2021-yildan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori vazifasida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Shuningdek, Farxodjon Muxammadjonovich Tashpulatov Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Farxodjon Tashpulatov 1983-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2004-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2005-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan Oliy biznes maktabini tamomlagan.

2006−2007-yillarda “Parvina sugʻurta” sugʻurta kompaniyasi Toshkent shahri direksiyasi direktori, 2007−2010-yillarda “Oʻzbekinvest Hayot” sugʻurta kompaniyasi menejeri, bosh menejeri lavozimlarida mehnat qilgan. 2011−2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida bir qancha masʼul vazifalarda ishlagan.

Farxodjon Tashpulatov 2021-yildan “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Shu bilan birga, Olim Murodullayevich Omonov Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Olim Omonov 1979-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 2001-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, 2006-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bosqichi, 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

2005−2011-yillarda “Oʻzbektelekom” AK “UzNet” filiali boʻlim boshligʻi, 2011−2018-yillarda Vazirlar Mahkamasida bir qancha masʼul lavozimlarda mehnat qilgan. 2018−2021-yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi direktori vazifasida ishlagan.

Olim Omonov 2023-yildan “Chorvoq” turistik rekreatsion zona direksiyasi DUK direktori lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.


Bu ham qiziq

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoşdan oşgan aholining 12 foizi oliy ma’lumotli

Özbekistonda 15 yoş va undan katta aholining 12 foizi oliy va oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega. Bu haqda 13-noyabr kuni…
16:38 / 13.11.2026
Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Belgorodda dron hujumi oqibatida bir oilaning uç a’zosi halok böldi

Rossiyaning Belgorod viloyati Proletarskiy posyolkasida dron turar joyga hujum qilişi oqibatida bir oilaning uç a’zosi — erk…
14:31 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!