$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun pul to‘lash tartibi belgilandi

11:59 / 14.05.2022

“Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, O‘zbekiston va chet davlatlar fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining 1 foizi ularning fiskal belgili cheklari soliq organlarining maxsus mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda qaytariladi.

Korporativ karta orqali tovarlar (xizmatlar) sotib olingan hollarda, soliq organlarining maxsus mobil ilovasida chek ro‘yxatdan o‘tkazilganda jismoniy shaxslarning bank kartasi raqami ko‘rsatiladi.

Quyidagi cheklar soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

– berilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgan cheklar;

– avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismi qaytarilgan cheklar;

– avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari;

– shubhali xaridorlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari.

Jismoniy shaxs tomonidan sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini qaytarib olinishi ushbu jismoniy shaxsning jami daromadiga kiritilmaydi.

Shuningdek, qaror bilan Maxsuc dastur orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar haqida soliq organlarini xabardor qilgan jismoniy shaxslarga pul mukofotini to‘lash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, soliq organlari aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar holatlari haqida soliq organlarining maxsus dasturi orqali quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatilgan holda xabardor qilinadi:

– sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik turi;

– soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan xo‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joy.

Huquqbuzarliklar haqida xabar berishda jismoniy shaxs soliq organlarining maxsus dasturida mobil telefon hamda bank kartasi raqamlarini ko‘rsatadi.

Bir martalik pul mukofoti soliq huquqbuzarliklari uchun belgilangan jarimalarning 20 foizi miqdorida belgilanadi.

Jismoniy shaxslarga bir martalik pul mukofoti quyidagi holatlar to‘g‘risida soliq organlarini xabardor qilganlik uchun to‘lanadi:

– onlayn nazorat-kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibi buzilganligi;

– naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlar sunʼiy ravishda oshirilganligi yoki pasaytirilganligi;

– tadbirkorlik faoliyati davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirilganligi;

– identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash nazarda tutilgan mahsulotlarda qalbaki markirovka qo‘llanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi;

– savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining buzilishi aniqlangan boshqa holatlar.


Bu ham qiziq

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 6 yoşli bolalar uçun bir yillik maktabga tayyorlov majburiy etiladi

Özbekistonda 2027-yildan boşlab 6 yoşli bolalarni bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan töliq qamrab oliş rejalaştiri…
15:31 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!