$
12670.05 UZS
37.83
138.00 UZS
3.61
13560.75 UZS
82.17
20° Kechasi 14°

Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

18:27 / 29.04.2022

Senatning 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondiga qilingan xayriya mablag‘lari soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar qatoriga kiritilmoqda.

Qonunga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvaridan 2031-yilning 1-yanvariga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 1 foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘lashi belgilanmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘lashi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) 2022-yilning 1-fevralidan 2025-yilning 1-yanvariga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lashi belgilanmoqda.

Ta’kidlash lozimki, ushbu imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida 80 foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.

Qonun bilan aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash maqsadida 2021-yilning 1-mayidan 2022-yilning 31-dekabriga qadar respublikamiz hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish, o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Shu bilan birga, 2021-yilning 10-oktyabridan 2022-yilning 30-apreliga qadar bo‘lgan davrda tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, 2021-yilning 10-oktyabridan 2022-yilning 31-dekabriga qadar bo‘lgan davrda esa go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi belgilanmoqda. 

Senat a’zolari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ma’qullandi.


Bu ham qiziq

Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Haddan tashqari issiqlik tufayli Osiyodagi maktablar darslarni to‘xtatdi

Hindistonning Kerala shtatida 29-aprel kuni issiq urishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.
15:36 / 03.05.2024
Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Mirziyoyev Putinning yordamchisi bilan uchrashdi

Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini…
20:14 / 02.05.2024
Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Ayni vaqtda Yerda 7 ballik magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Bu haqda Meteoprog xabar berdi.
12:03 / 03.05.2024
Qirg‘iziston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Qirg‘iziston TIV o‘z fuqarolariga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilmoqda

Bu haqda kz.kursiv.media xabar berdi.
09:59 / 03.05.2024
“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qiladi” – Blinken

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklif qilingan kelishuvni tuzish vaziyatni yaxshiroq hal qilishdir, degan Davlat d…
10:09 / 04.05.2024
Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi

Avvalroq, Turkiya TIV rahbari Xakan Fidan G‘azo sektoridagi harakatlari tufayli Isroilga qarshi sanksiyalar majmuasini e’lon…
21:14 / 02.05.2024
Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Toshkentdagi ko‘chalardan biri bir oy muddatga yopildi

Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
15:02 / 02.05.2024
Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Ayol rekord darajadagi baliqni ovladi

Eslatib o‘tamiz, avvalgi rekord baliq 30,8 kilogrammni tashkil qilgan.
09:54 / 03.05.2024
O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.
15:28 / 03.05.2024
Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Botir Qodirov va Jo‘rayevlar ishi bo‘yicha sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilmoqda.
17:11 / 02.05.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!