$
11994.10 UZS
6.94
₽
145.79 UZS
-0.5
€
13420.20 UZS
26.95
31° Kechasi 18°

"Star Med" klinikasining litsenziyasi bekor qilindi

19:47 / 02.06.2023

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Omad plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan 2023-yil 28-aprel kuni Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, unda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Omad plyus”mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2021-yil 16-fevral kuni berilgan 27390032-raqamli litsenziyani bekor qilishni so‘ragan.

Arizada litsenziyani bekor qilishning asoslari sifatida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona Nizom”ning 27-ilovasi 9-bandi talablari qo‘pol ravishda buzilganligi, xususan, xalq orasida “Mittivine” taxallusi bilan tanilgan marhum F. Mannopovga tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokorlarda malakaviy toifa mavjud bo‘lmaganligi, birlamchi tibbiy hujjatlar lozim darajada yuritilmaganligi, tibbiy texnikaning metrologik me’yorlarga mosligi bo‘yicha davriy tekshiruv o‘tkazilmaganligi kabi bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi, javobgar tomonidan marhum F. Mannopovga tibbiy xizmat ko‘rsatishda bir qator lisenziya talab va shartlari buzilganligi, ushbu holatlar “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi talabiga ko‘ra litsenziyani bekor qilish uchun asos bo‘lishi qayd etilgan.

Sudning 2023-yil 15-maydagi muhokamasida javobgar advokatining ishni klinikaning mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yakuniga qadar mazkur nizo yuzasidan ish yuritishni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi og‘zaki iltimosnomasini qanoatlantirish rad etilib, shu kungi muhokama taraflar vakillarining iltimosnomalari qanoatlantirilgan holda boshqa muddatga qoldirilgan.

Sudning 2023-yil 25-maydagi majlisida javobgarning advokati yuqoridagi mazmundagi iltimosnomasini yozma shaklda taqdim etib, unga jinoyat ishiga daxldor bo‘lgan hujjatlarni ilova qilgan.

O‘z navbatida arizachi vakillari marhum F. Mannopovga tibbiy xizmat ko‘rsatishda bir qator litsenziya talab va shartlari buzilganligini asoslovchi hujjatlarni sudga taqdim etgan.

Sud ushbu muhokamada taqdim etilgan, xususan, ish yuritishni to‘xtatish uchun asos sifatida iltimosnomaga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganish, shu bilan birga ishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga o‘z talab hamda e’tirozlarini asoslovchi hujjatlarni taqdim etishga imkon bergan holda muhokamani boshqa muddatga qoldirgan.

Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining 2023-yil 2-iyundagi hal qiluv qaroriga ko‘ra Sog‘liqni saqlash vazirligining “Omad plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga nisbatan berilgan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilib, “Omad plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan 2021-yil 16-fevraldagi 27390032-raqamli litsenziya bekor qilingan.


Bu ham qiziq

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Toşkentda III Özbekiston – Rossiya media forumi boşlandi

Ayni paytda Toşkent şahridagi “Hilton” mehmonxonasida III Özbekiston – Rossiya media forumi öz işini boşladi. Özbekiston va …
10:50 / 09.11.2026
Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Umraga yuborişni va’da qilib, fuqarolardan qariyb 7 ming dollar olgan şaxslar uşlandi

Samarqand va Guliston şaharlarida fuqarolarni noqonuniy ravişda Umra ziyoratiga yuborişni va’da qilib, ulardan jami 6 995 do…
14:28 / 09.11.2026
Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Töy kortejida yölni tösib, xavfli harakatlangan haydovçilar jazolandi

Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy korteji vaqtida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilarga…
09:49 / 09.11.2026
Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturi boşlanadi

Kelgusi yildan Özbekistonda “1 ming muhandis-konstruktor” dasturini amalga oşiriş boşlanadi. Dastur doirasida mahalliy mutax…
13:35 / 09.11.2026
Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda isitiş tizimi 9-noyabrdan bosqiçma-bosqiç işga tuşiriladi.

Toşkentda 9-noyabrdan maktab, boğça, şifoxona va köp kvartirali uylarga issiqlik beriş boşlanadi. Isitiş tizimi bosqiçma-bos…
08:55 / 07.11.2026
Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkentdagi III Özbekiston – Rossiya media forumida hamkorlikning tört ustuvor yönalişi belgilandi

Toşkent şahridagi “Hilton Taşkent City” mehmonxonasida ötkazilgan III Özbekiston – Rossiya media forumida ikki mamlakat örta…
15:41 / 09.11.2026
Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekiston elektrotexnika korxonalari xalqaro moliya institutlaridan 80 million dollar jalb qildi

Özbekistonning beşta elektrotexnika korxonasi öz investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyo…
13:38 / 09.11.2026
Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

Polşada şahar markazida otişma sodir böldi

7-noyabr kuni Polşadagi Krakov şahrining Boş bozor maydonida otişma sodir böldi.
10:38 / 08.11.2026
Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Sobiq boksçi paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi.

Boks böyiça sobiq Avstraliya çempioni Joş Frederiksen 36 yoşida paraşyutdan sakraş vaqtida vafot etdi. Bu haqda “World Boxin…
17:34 / 07.11.2026
Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekiston 2030-yilga borib mis işlab çiqarişni 500 ming tonnaga yetkazmoqçi

Özbekistonda mis işlab çiqariş hajmini 2030-yilga qadar 500 ming tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. Bu haqda Prezident Şavkat…
13:58 / 09.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!