Biroz oldin Muborakda Superliga 24-turidan oʻrin olgan “Mashʼal” hamda “Turon” jamoalari oʻrtasidagi bahs oʻz yakuniga yetdi.
Ayni dam Superligada qolish uchun kurash olib borayotgan bu ikki klublar ishtirokidagi uchrashuv muxlislar eʼtiborida boʻlishi aniq edi.
Biroq oʻyinda gol kiritilmadi hamda jamoalar bir ochkodan boʻlishib olishadigan boʻldi. Eʼtiborli tomoni, “Turon” yangi murabbiy Bahrom Hakimov qoʻl ostidagi ilk ochkosini qoʻlga kiritdi.
Maʼlumot uchun, “Mashʼal” ayni dam 20 ochko toʻplagan holda 11-oʻrinda qoladigan boʻldi. “Turon” esa 14 ochko bilan soʻnggi oʻrinda bormoqda
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!