$
11897.90 UZS
51.33
₽
140.18 UZS
1.23
€
13336.36 UZS
95.45
31° Kechasi 18°

Talabalarning haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashiga doir tartib ishlab chiqilmoqda

11:18 / 07.05.2022

Oliy taʼlim muassasalari talabalarining davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tashi to‘g‘risidagi tartib ishlab chiqilmoqda. Bu haqdagi hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur tartib Mehnat kodeksi hamda “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq oliy taʼlim muassasalari (harbiy, maxsus oliy taʼlim muassasalaridan tashqari) talabalarining davlat idoralarida haq to‘lanadigan stajirovka o‘tash tartibini belgilaydi.

Hujjat loyihasiga muvofiq stajirovka davomiyligi magistratura talabalari uchun ikkinchi yoki uchinchi semestrni tugatganidan so‘ng uch yarim oy, bakalavriat talabalari uchun esa to‘rtinchi semestrni tugatganidan keyin bir oy etib belgilanadi.

Stajirovka dasturi (reja-jadvali) stajirovka boshlanishidan kamida bir oy oldin qabul qiluvchi tashkilotning stajirovka menejeri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Qabul qiluvchi tashkilotda stajyorlarni ishga qabul qilish tashkilotda mavjud bo‘lgan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari (lavozimlari) uchun yoki o‘rindoshlik asosida egallab turilgan ish o‘rinlari (shtat lavozimlari) uchun amalga oshiriladi.

Stajyor uchun sinov muddati belgilanmaydi. Uning ish vaqti davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmasligi kerak (istisno hollarda 40 soat).

Stajyorlarning mehnatiga haq to‘lash qabul qiluvchi budjet tashkiloti tomonidan bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari hisobidan shakllantirilgan mehnatga haq to‘lash fondining tejalgan mablag‘lari  hisobidan, byudjetdan tashqari tashkilotlarda esa – o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat tashkilotlarida stajirovkadan o‘tayotgan stajyorlarning mehnatiga haq to‘lashda:

– magistraturada tahsil olayotgan stajyorlar uchun – stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqining bir yarim baravari miqdorida;

– bakalavriatda tahsil olayotgan stajyorlar uchun – stajirovka boshlangan kunida belgilangan eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi.

Shuningdek, stajirovka davrida talabalarga stipendiyalar umumiy belgilangan tartibda to‘lanadi.

Maʼlumot uchun, stajyorlarning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha smeta xarajatlari yiliga 178,5 mlrd. so‘m, shu jumladan, magistrlar uchun 42,8 mlrd so‘m, bakalavrlar uchun 135,7 mlrd. so‘mni tashkil etadi


Bu ham qiziq

AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQShda turistlar uchun Trampning Oval kabineti nusxasi yaratildi

AQSHda prezident Donald Trampning Oval kabineti nusxasi yaratilib, Oq uy yaqinidagi “Xalq uyi” muzeyiga joylashtirildi. Bu h…
15:10 / 08.10.2026
Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston Shimoliy Orol dengizi sathini 44 metrgacha ko‘tarmoqchi

Qozog‘iston hukumati kelgusi besh-olti yil ichida Shimoliy Orol dengizidagi suv sathini 44 metrgacha ko‘tarishni rejalashtir…
15:18 / 08.10.2026
Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladiToshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda ilk bor 2027-yil 4–5-fevral kunlari “Tashkent Content Market” (TCM) xalqaro kontent bozori o‘tkaziladi. Tadbir…
09:22 / 10.10.2026
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

9-oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Respublikaning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kut…
15:35 / 08.10.2026
O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda 9 oyda 1 441 ta poraxo‘rlik jinoyati aniqlandi – IIV

O‘zbekistonda joriy yilning to‘qqiz oyida 3 tonnadan ortiq giyohvandlik vositasi noqonuniy muomaladan olib qo‘yildi, 319 ta …
15:43 / 09.10.2026
Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Endi 🇺🇿 O‘zbekistonlik talabalar “Google Gemini AI Plus” obunasini “Aileaders.uz” platformasi orqali BEPUL foydalanishlari mumkin.

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Google hamkorligida Google’ning Xalqaro verifikatsiya bo‘yicha hamkor platformasi She…
10:54 / 09.10.2026
Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda 1,2 kilogrammdan ortiq sintetik giyohvandlik moddasi musodara qilindi

Toshkentda sintetik giyohvandlik moddalarini tarqatishda gumonlangan shaxs ushlandi. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) ma’lumo…
09:35 / 10.10.2026
Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoroda 500 dollar evaziga tibbiy ma’lumotnoma va’da qilgan shifokor ushlandi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida akademik ta’til olish uchun tibbiy ma’lumotnoma tayyorlab berishni va’da qilib, 500 A…
13:03 / 10.10.2026
“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

“Real Sanjik” ishi: Sanjar Karimovga chiqarilgan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida 8-oktabr kuni “Real Sanjik” nomi bilan tanilgan tadbirkor Sanjar Karimovga n…
17:51 / 08.10.2026
Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Olmazorda yuk mashinasi uchta transport vositasiga urildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida FAW rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, svetoforning qizil chirog‘i…
09:33 / 10.10.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!