$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Tanzila Norboyeva To‘qayev bilan ushrashdi

10:15 / 20.06.2023

Uchrashuv chog‘ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va davlatlararo munosabatlar rivojiga qo‘shimcha turtki berish nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Qosim-Jomart To‘qayev Tanzila Norboyevani qutlar ekan, Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan muhim tashabbus – Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotida faol ishtirok etgani va uni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Qozog‘iston Respublikasi rahbari ushbu nufuzli tadbirning birinchi majlisi natijalari mintaqalararo hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilishiga va Markaziy Osiyoda gender tenglik hamda barqaror taraqqiyotni ta’minlash sohasida uzoq muddatli yechimlarni ishlab chiqishga imkon berishiga ishonch bildirdi.

Qozog‘iston Prezidenti To‘qayev Oliy Majlis Senati raisining tashrifi ikki tomonlama hamkorlikning o‘ziga xos xususiyatiga yaqqol misol bo‘lib, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga to‘liq mos kelishini ta’kidladi.

– O‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonga davlat tashrifimiz natijalarini yuqori baholaymiz. Joriy yilning 3 mart kuni Chimkent shahrida norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning eng dolzarb masalalari muhokama qilindi. Nafaqat hukumat darajasida o‘zaro muvofiqlashtirilgan ishlar olib borilayotgani, balki parlamentlararo diplomatiya ham faol rivojlanayotgani quvonarli. Shu bois kelgusi yili Samarqandda ikkinchi Parlamentlararo forum o‘tkazilishini mamnuniyat bilan qabul qilaman, – deya ta’kidladi Qosim-Jomart Toqayev.

O‘z navbatida, Tanzila Norboyeva samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi.

– Biz Sizning rahbarligingizda Qozog‘istonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholaymiz. Sizni Qozog‘istonda butun tizimni siyosiy modernizatsiya qilish imkonini bergan yirik tadbirlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklayman. Qozog‘iston ilg‘or islohotlar yo‘lidan ishonch bilan bormoqda va Qozog‘iston xalqi siz tutgan yo‘lni faol qo‘llab-quvvatlamoqda, – deb ta’kidlagan Senat raisi.

Yakunda Qozog‘iston rahbari O‘zbekiston rahbariga samimiy salomini aytib, ezgu tilaklarini bildirgan.


Bu ham qiziq

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 9 oyda 77 mingdan ortiq şaxs ma’muriy qamoqqa olindi

Özbekistonda 2026-yilning dastlabki töqqiz oyida 420 mingdan ortiq şaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan 77 309 nafa…
10:46 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026
GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

GWU prezidentining maslahat kengaşi yiğilişida universitetni rivojlantiriş strategiyasi muhokama qilindi

Jorj Vaşington universiteti (GWU) prezidenti Ellen Granberg va universitet Prezidentining maslahat kengaşi a’zolari navbatda…
09:27 / 14.11.2026
Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!