“Tashabbusli byudjet”ning 2026-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ovoz berish jarayonlari 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Quyidagi yo‘llar orqali ovoz berish mumkin:
“Ochiq byudjet” portalining veb-sahifasi;
portalning mobil ilovasi (Android va iOS);
Telegram’dagi rasmiy bot yordamida ovoz berish mumkin.
Ma’lumot uchun, 2024-yilning mart oyidan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida ovoz berishda sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etilgan. Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali ovoz berish jarayonida fuqarolarni identifikatsiya qilish hamda bir fuqaro tomonidan berilgan bitta ovozni qabul qilish tizimi joriy etiladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!