$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

Telejurnalist Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi

14:15 / 15.09.2023

“Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Svoimi glazami” dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Unda antibiotik dori qabul qilinganidan keyin allergik reaksiya kuzatilgan va jurnalist anafilaktik shokni boshdan kechirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 13-sentabr kuni Toshkentda “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Svoimi glazami” (O‘z ko‘zingiz bilan) dasturi muxbiri Ramina Yagafarova 31 yoshida vafot etdi. Bu haqda 14-sentabr kuni jurnalist Elmira Tuxvatullina ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 12-sentabr kuni kechqurun Ramina Yagafarova onasini ko‘rish uchun Chilonzor tumanidagi xususiy klinikaga borgan. Tomoq og‘rig‘i tufayli jurnalist levofloksatsin (antibiotik) tabletkasini olgan. Taxminan 10-15 daqiqadan so‘ng uni tutqanoq tutib, hushidan ketgan.

Klinika shifokori unga birinchi yordam ko‘rsatgan, shundan so‘ng Yagafarova reanimatsiya bo‘limiga joylashtirilgan. Tibbiy muolajalardan so‘ng u hushiga kelgan, ahvoli yaxshilangan.

Biroq 13-sentyabr kuni tushdan keyin uni yana tutqanoq tutgan. Tibbiy muolajalarga qaramay, u taxminan soat 17:50 da vafot etgan, deya izoh berdi tuman prokuraturasi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘lim dori-darmonlarga allergik reaksiya (levofloksatsin), miya va o‘pkaning o‘tkir shishishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, anafilaktik shok oqibatida yuzaga kelgan.

Chilonzor tumani prokuraturasi hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

“U kanalimizga yaqinda kelgandi, lekin jamoaga tezda qo‘shilib ketdi va uning ajralmas qismiga aylandi. Bu vaqt davomida men u tayyorlaydigan dasturlar muharriri edim. Jurnalist emas, balki kasbi bo‘yicha filolog bo‘lgan Ramina telejurnalistika asoslarini o‘zlashtirib, ko‘z o‘ngimizda o‘sdi”, – deb yozib qoldirgan Elmira Tuxvatullina.


Bu ham qiziq

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida hibsda saqlanmoqda

Aralaş yakkakuraş ustasi Habib Nurmagomedovning jiyani Usmon Nurmagomedov hamda UFC sobiq çempioni Merab Dvalişvili iştiroki…
15:44 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqinçilik qilmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:59 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Dehqonobodda maktabga boriş uçun soy keçadigan bolalar uçun köprik quriladi

Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Jingil qişloğida joylaşgan 84-sonli umumta’lim maktabi öquvçilari foydalanişi uçun…
09:42 / 14.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026
"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldi

"Demokrat.uz" rahbari Fazliddinxon Mehmonov va bloger Aziz Ğoipnazarovga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. 11-noyabr kuni çi…
14:44 / 12.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

Bugun Özbekistonning ayrim hududlarida yomğir yoğişi mumkin

13-noyabr kuni Özbekiston böylab havo özgaruvçan böladi. Respublikaning ayrim hududlarida yomğir yoğişi, ba’zi joylarda tuma…
17:10 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!