$
11825.40 UZS
-5.47
₽
140.34 UZS
1.07
€
13483.32 UZS
32.8
31° Kechasi 18°

Temuriylarni tugatib, Movarounnahrni birlashtirgan xon. “Ko‘chmanchi” deya kamsitilgan Shayboniyxon hayoti 1-qism

15:03 / 24.05.2022

Tariximizda shunday murakkab shaxslar borki, ularning hayoti oʻrganilmay goʻyo ochilmagan arxeologik yodgorlik kabi qolib ketgan. Bugungi qahramonimizning hayoti Sovet davrida ham, mustaqillik yillarida ham toʻliq oʻrganilmadi. Ayniqsa mustaqillikning ilk kunlari oʻzbek davlatchiligida muhim oʻrin egallagan bir sulola tarixiga koʻz yumib, oʻtib ketildi. Bu ilmga mutlaqo zid va sharmandali holat edi.

Ayrim “siyosatdon” olimlarimiz bu shaxsdan temuriylar hukmronligiga nuqta qoʻygani uchun nafratlanishar. Ayrimlar esa uni “koʻchmanchi” deb kamsitar ham edi. Afsuski, tarixiy shaxslarni tarix zarvaraqlaridan oʻchirib boʻlmaydi. Menimcha hurmatli oʻquvchi gap kim haqida ketayotganini bildingiz.

Bugungi maqolamizda xanafiy mazhabini qattiq ushlagan, Qurʼonni yoddan bilgan, Movarounnahr hududida temuriylardan soʻng katta sulolaga asos solgan Shayboniyxon haqida hikoya qilamiz.

Temuriylar davlatning intihosi

XV asrning 90-yillariga kelib Movarounnahrda bir vaqtlar Amir Temur tomonidan barpo etilgan ulkan saltanat chok-chokidan soʻkilib, qulash arafasiga kelib qolgan edi. Har bir temuriy shahzoda oʻzini mustaqil deb bilib, poytaxt Samarqandni egallash, bobokalonlari oʻtirgan taxtga chiqib, butun mamlakatga yagona hukmdor boʻlishni orzu qilishardi. Biroq ularning orasida bunga loyiq salohiyatli, zakovatli shahzoda kam edi. Temuriy shahzodalar qariyb   40-yildan buyon bir-biri bilan qir-pichoq edi. Mamlakat aholisining ham temuriylardan noroziligi kuchayib ketgandi.

Shunday bir davrda Dashti Qipchoqda oʻzbek qabilalari birlashib, yangi bir kuch paydo boʻlayotgan edi. Bu qabilalarga Muhammad Shayboniyxon boshchilik qilayotgandi. Shayboniyxon Abulxayrxonning nabirasi, onasining ismi Qoʻzibekim, otasi Budoq sulton boʻlib, tugʻilganda unga turkiylar odatiga koʻra ikki ism – Muhammad(arabcha) va Shayboniyxon (turkiycha) ismlari qoʻyilgan. Abulxayrxon yosh nabirasiga “Shohbaxt” (Shoh baxtli), degan taxallus bergan.

Shayboniyxon oʻn toʻrt yoshga toʻlar-toʻlmas otasidan ayrildi. Shoh Budoq Sulton qabilalar oʻrtasidagi oʻzaro jangda halok boʻldi. Otasidan erta ayrilgan Shayboniyxon va sulton Muhammad otasining sodiq xizmatkori Qorachabek oilasida tarbiyalanadi. 1469-yilda Abdulxayrxonning vafotidan soʻng uning qoʻl ostida birlashgan qabilalar tarqab ketdi. Dashti Qipchoqning sharqiy qismida gʻalayonli yillar boshlandi. Yosh shahzodalarga Muhammad Mazid Tarxon homiylik qila boshladi. U temuriylardan edi. Abulxayron qaynotasi boʻlmish Mirzo Ulugʻbekka hurmat yuzasidan Mazid Tarxonga Turkiston va Oʻtror shaharlarining bekligi inʼom qilingan edi. Aka-uka shahzodalar bir muddatgacha Tarxonning Oʻtrordagi qoʻrgʻonida hayot kechirdi.

Mazid Tarxon sulton Mahmudni yonida olib qolib, Shayboniyxonni oʻziga yaqin kishilar homiyligida Buxoroga taʼlim olish uchun yuboradi. Yosh Shayboniy Yassaviy zamonidan beri saqlanib qolgan tariqat odobidan tahsil ola boshladi. Dastlab unga Qurʼonni juda yaxshi oʻquvchi qorilardan biri Mavlono Muhammad Xitoyi dars berdi. Xitoyidan keyin Shayboniyxon allomi davron Shayx Mansurdan ikki yil davomida fiqh (Islom huquqshunosligi), qiyos (shariat manbalaridan biri) ijmo (Qurʼon va hadislarda aniq koʻrsatma berilmagan huquqiy masalani hal qilishda faqih va mujtahidlarning toʻplanib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi ) masalalarini oʻrgandi.

Muhammad yoshligidan kuch-gʻayratga toʻla boʻlib, u egar ustida tik turib, osmondagi qushni otib tushira oladigan mohir chavandoz edi. Shayboniy oʻn sakkiz yoshga toʻlib, qarchigʻaydek oʻktam, baquvvat gavdali  yigit boʻldi. U tugʻilgan ona yurtiga borib, bobosidan keyin parokanda boʻlgan davlatni qayta tiklashni oʻylay boshladi. Buning uchun qulay fursat ham pishib yetishgan edi. Temuriylar saltanati boʻlaklarga boʻlinib, parcha-parcha boʻlib ketgan, Movarounnahrga daʼvogar shaxs hali dunyoga kelmagan, tirik shahzodalar irodasiz, oʻzaro ixtilofda edi. 

Parchalangan saltanatning tiklanishi

Muhammad 19 yoshga toʻlganida beliga qilich bogʻlab, dubulgʻa va qalqon kiyib podshohlik taxti uchun kurashga otlandi. Shayboniyxon dastlab oʻz atrofida bir necha yuz kishilik lashkar toʻpladi. U buyuk davlatni tiklash yoʻlida xatti-harakatni dastlab oʻz qoʻshini bilan temuriylarga yollanma qoʻshin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. Uning bunday turmush tarzini yozma manbalarning mualliflari “qozoqlik” yaʼni “oʻz xalqi va qavmidan ajralib ketgan odamlar, taxt uchun kurashda yengilsa-da, ammo oʻz huquqidan voz kechmagan va oʻz tarafdorlariga boshchilik qilib, odamlari bilan qulay fursat poylab kurashadigan sulola vakili” deb atashgan edi. Turli hukmdorlarga xizmat qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxshi bilib olishiga imkon berdi. Movarounnahr hukmdorlari va zodagonlari uning xizmatidan eng koʻp manfaat koʻrishi natijasida Shayboniy Movarounnahr zodagonlari orasida mashhur boʻlib ketgan edi.

Shayboniyxon avval Singʻoqni keyin esa Oʻzgan qalʼalarini zabt etdi. Tez orada Oʻtror ham uning ixtiyoriga oʻtdi. 1475-yilga kelib Shayboniyxon lashkari yuz mingga yetdi. Maʼlumotlarga koʻra, Muhammadning oʻng qoʻlining oʻrta barmogʻiga taqilgan olmos koʻzli uzukka “Mening ismim Shayboniyxon shohbaxt”, degan soʻzlar oʻyib yozilgan edi. Har safar jang oldidan ana shu muhriga qarab qoʻyib, Allohdan madad soʻrab, otiga qamchi bosgan ekan.

Shayboniyxon bobosi Abulxayrxon vafotidan parokanda boʻlib ketgan qabilalarni birlashtirdi va beayov qonli urushlar natijasida 1480-yilda  koʻchmanchi oʻzbeklar davlatini qayta tiklashga muvaffaq boʻladi. U 1487–1488 –yillarda Sayram, Oʻtror va Turkiston shaharlarini hamda qoʻrgʻonlarni egallab, Movarounnahr yaqinida mustahkam oʻrnashib oldi. Bu qoʻrgʻonlar kelgusida Shayboniyxonga Movarounnahrni istilo qilish uchun tayanch vazifasini oʻtagan.

Shayboniyxonning Movarounnahr uchun kurashga qoʻshilishi

1497-yilda Shayboniyxon Movarounnahrga oʻzining dastlabki yurishini uyushtirdi. Biroq uning birinchi urinishi muvaffaqiyatsiz boʻlgan. Shayboniyxon katta kuch bilan Samarqandga yurish qildi, lekin shaharni ololmasdan, Qarshi va Shahrisabzga hujum qilib katta oʻlja bilan qaytib ketgan. Ikki yildan soʻng Shayboniyxon kuch yigʻib qayta Movarounnahrga yurish qiladi. 1499-yilda Buxoroni jangsiz egallab oladi. Oʻsha yili temuriylar davlatining poytaxti Samarqandni zabt etib, Samarqand hokimi Sultonali Mirzoni qatl ettiradi. Biroq shahar amirlari Fargʻona hokimi temuriy shahzoda Bobur Mirzoga maktub yoʻllab, uni Samarqandni ishgʻol qilishga daʼvat etadi. Bobosining poytaxtini egallashni orzu qilgan Bobur, 1500-yilning kech kuzida oz sonli lashkari bilan Samarqandga keladi. Bu vaqtda Shayboniyxon shaharda 600 kishilik askar qoldirib, oʻzi yurishga (baʼzi manbalarda Koʻlimalikda dam olishga) ketgan edi. Ayrim adabiyotlarda, Shayboniyxon Samarqandni egallab, aholiga katta soliq sochgani, shahar aholisi bundan norozi boʻlib, qoʻzgʻolon koʻtargani va Boburni Samarqandga chorlagani yozilgan. Agar rostdan ham Samarqand aholisi Shayboniyxondan norozi boʻlganida, nazarimda Shayboniyxon shaharga atigi 600 kishilik askar tashlab ketmagan boʻlar edi. Xalq Boburga shahar darvozalarini ochib berdi va Bobur taxtini egalladi. Samarqand atrofidagi Qarshi, Gʻuzor beklari Bobur Mirzoning hukmronligini tan oldi.

Shayboniyxon va Bobur Mirzo toʻqnashuvi

Voqealardan xabar topgan Shayboniyxon Turkiston atrofidan qoʻshin toʻplab Samarqand ustiga lashkar tortadi. Bu davrda Samarqandda ahvol ogʻir boʻlib, shahar aholisi qurgʻoqchilik sababli oziq-ovqat va yem-xashaksiz qolgandi. Bundan xabar topgan Shayboniyxon yurishni tezlashtiradi. 1501 yilning aprel oyida Zarafshon daryosi boʻyidagi Saripul qishlogʻida Bobur va Shayboniyxon oʻrtasida jang boʻlib oʻtdi. Bu jangda Bobur magʻlubiyatga uchradi.

Boburning magʻlub boʻlishining asosiy sababi yollangan moʻgʻul askarlarining xiyonatlarida boʻlsa-da, bundan boshqa faktlar borligini inkor qilib boʻlmaydi. Xususan magʻlubiyatning birinchi sababi Boburning munajjimlar bashoratiga ishonib harakat qilishi boʻlgan.

Voqea tavsifi shuki, har ikki tomon 5-6 kun davomida jangsiz holatda, turli harbiy taktikalar tuzish rejasi bilan band boʻlgan. Bobur esa ataylab jangni kechiktirishga uringan. Bunga sabab Hirotdan Husayn Boyqaro tomonidan yuborilgan Qanbar Ali boshchiligidagi ikki ming atrofidagi madad kuchlari Keshga yetib kelgan boʻlib, ikki kun ichida Boburga qoʻshilishi kerak edi. Bundan tashqari, Boburning togʻasi Sulton Mahmudxon jiyaniga yordam uchun Sayyid Muhammad boshchiligida 1500 atrofida lashkar yuborgan boʻlib, bu qoʻshin ham yaqin orada yetib kelishi kerak edi. Shunday vaziyatda masalaga munajjimlar aralashib “shu kunda sakkiz yulduz oraliqda turganligini, agar bir kun oʻtsa, ikki hafta davomida sakkiz yulduz dushmanning orqasida boʻlishi, bu esa kechiktirmay jangga kirish va gʻalaba qozonish lozimligini anglatadi”, deb bashorat qilib Boburni yordamchi kuchlarni kutmasdan jangga kirishga daʼvat etadilar.

Magʻlubiyatning ikkinchisi sababi harbiy strategiyadagi Boburning xatosi va Muhammad Shayboniyning ustamonligidir. Jang oldidan Bobur Mirzo qoʻshinni odatdagidek safga tizib, eng mohir jangchilar va sarkardalarini qoʻshinning irovul (qorovul, markazda, qoʻshinning oldi qismida boruvchi boʻlinma) qismida joylashtiradi. Shayboniyxon esa qoʻshin qanotlariga tajribali sarkardalari boʻlgan Mahmud sulton, Hamza sulton va Mahdi sulton rahbarligidagi kuchli otliqlarni joylashtirgan.

Shayboniyxonning harbiy razvedkasi Boburning harbiy kengashi sirlaridan ham voqif boʻlgani haqida taxminlar bor. Chunki Muhammad Shayboniyxon asosiy eʼtiborni qanotlarga qaratib, “toʻlgʻama” harbiy taktikasini qoʻllagan. Bu oʻz navbatida Shayboniyxon dushmanning harbiy taktikasini oldindan bilganidan va harbiy razvedkasi yaxshi ishlaganligidan dalolat beradi.

Muhammad Shayboniyxon dushmanning kuchi, imkoniyati va jang usullariga qarab oʻz taktikalarini oʻzgartirib turgan. Jang boshlanishi bilan Shayboniyxonning qanot qismlari Bobur Mirzo lashkarining barongʻor (oʻng qanot) va javongʻor (chap qanot) qismlarini ortga surib tashlab, markaz qismning orqasidan yorib kiradi. Natijada qoʻshinning chindovul (qoʻshinning orqasi) qismida turgan Bobur asosiy qismdan ajralib qolgan.

Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzining “Boburnoma” asarida Saripul jangi haqida shunday yozadi:

“Biz saf tortib chiqqach, gʻanim ham roʻparada saflanib, paydo boʻldi. Saflar yaqinlashgach, gʻanimning oʻng qanotining uchi bizning orqamiz sari burildi. Men ham olgʻa qarab, ular sari yurdim. Shu darajaga yetdiki, gʻanimning baʼzi qari ulugʻlari Shayboqxonga: “Yurish kerak, toʻxtab turmoqning vaqti oʻtdi“ deyishti. Gʻanimning oʻng qanoti bizning chap qanotimizni bosib orqaga aylandi. Bizga koʻmakka kelgan moʻgʻul lashkarining urushga toqatlari yoʻq edi. Oʻrushmoqni qoʻyib, oʻzimizning elniyoq talab, otdan tushirishga kirishdilar. Oʻzbakning urushda bir ulugʻ hunari ushbu toʻlgʻamadir, yaʼni jangga tinimsiz askar solib turishdir. Men bilan oʻn-oʻn ikki kishi qolib edi. Koʻhak daryosi yaqin edi. Oʻng qanotning uchi daryoga toʻqinib edi. Daryo tomonga yoʻnaldik. Koʻhak daryosining eng toʻlib oqadigan payti edi. Daryoga yetishimiz bilan zirhlangan holatimizda suvga kirdik”.

Shunday qilib jangda Bobur yengildi va Samarqandda yashirindi. Shayboniyxon shaharni uzoq vaqt qamal qilib, Bobur ogʻir vaziyatga tushirdi. Qamal vaqtida Shayboniyxon Boburga shaharni tinch yoʻl bilan topshirish haqida taklif yubordi. Taklifga binoan Bobur opasi Xonzoda begimni Shayboniyxonga uzatishi kerak edi. Bobur Mirzo bu taklifga rozi boʻlmaydi va Sarmarqandni tunda tark etishni rejalashtiradi. Biroq Xonzoda begim oʻz jigarini oʻylab, Shayboniyxonning taklifini qabul qiladi.

Xabardor.uz Muhammad Shayboniyxon hayot yoʻlini yoritishda davom etadi. Keyingi maqolamizda Shayboniyxonning Fargʻona, Toshkent va Xurosonni egallashi, U olib borgan davlat boshqaruvi haqida hikoya qilamiz.


Qiziqarli


														
														Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026

														
														Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Olimlar koinotda sirli signalni aniqladi

Xitoydagi ulkan FAST radioteleskopi orqali olib borilgan kuzatuvlar davomida tabiiy kosmik jarayonlar bilan izohlash qiyin b…
00:16 / 27.09.2026

														
														Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

Tramp sun’iy intellektni qayta nomladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakatda “sun’iy intellekt” (SI) atamasidan voz kechib, uni “super intellekt” deb atashni ma’…
09:44 / 24.09.2026

														
														Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Dunyoda faqat uch kishi pasportsiz xorijga chiqa oladi. Ular kim?

Xorijga sayohat qilish uchun dunyo aholisining deyarli barchasiga shaxsini tasdiqlovchi pasport kerak. Biroq bundan uch kish…
10:00 / 21.09.2026

														
														Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada uxlash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi: bosh mukofot — $14 ming

Yaponiyada noodatiy musobaqa — uxlash bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi. Matraslari bilan tanilgan Koala Japan kompaniyasi tashkil…
09:24 / 16.09.2026

														
														Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

Avgust dunyo tarixidagi eng issiq oylardan biri bo‘ldi

2026-yil avgust oyida Yer yuzida kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori o‘rtacha haroratlardan biri qayd etildi. Yevropa Ittifoqin…
09:41 / 13.09.2026

														
														11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi havo sifati haqida chalg‘itilgani aniqlandi

AQSHda 2001-yil 11-sentyabr teraktlaridan keyin Nyu York aholisi Jahon savdo markazi hududidagi havo sifati bo‘yicha yetarli…
15:58 / 09.09.2026

														
														Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitga tayyorlamoqda

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi gumanoid robotlarni jangovar sharoitlarda qo‘llashga tayyorlashni boshladi. Bu haqda Reuters xab…
10:00 / 08.09.2026

														
														AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga muomalaga chiqarildi

AQSHda mamlakatning mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlangan, Donald Tramp tasviri tushirilgan 1 dollarlik tanga muomala…
09:45 / 04.09.2026

														
														Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Nokia 44 kungacha quvvat ushlaydigan yangi telefon chiqarishi mumkin

Internetda hali rasman taqdim etilmagan Nokia 300 4G Power Bank tugmachali telefonining texnik xususiyatlari tarqaldi.
11:14 / 19.07.2026

Bu ham qiziq

Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX sobiq xodimlariga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi Taftish.uz tahririyati xodimlari va DXX zobitlariga nisbatan 4,1 yildan 10,6 yilgacha b…
11:14 / 25.09.2026
G‘azodagi vayronagarchiliklar Isroilda suv tanqisligini keltirib chiqardi

G‘azodagi vayronagarchiliklar Isroilda suv tanqisligini keltirib chiqardi

The Guardian nashrining xabar berishicha, G‘azo sektoridagi oqova suv infratuzilmasining vayron qilinishi oqibatida dengizga…
11:02 / 25.09.2026
Qozog‘istonda bugun — umumxalq motam kuni

Qozog‘istonda bugun — umumxalq motam kuni

24-sentabr kuni Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Harbiy-dengiz kuchlarining Kaspiy dengizidagi mashg‘uloti vaqtida ob-havoning k…
12:07 / 25.09.2026
Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirini lavozimidan oldi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27-sentabr kuni mudofaa vaziri Dauren Kosanovni lavozimidan ozod etdi. Bu haqd…
10:41 / 27.09.2026
Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Saudiyani yirik hisobda yengdi.

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa turnir yarimfinaliga chiqdi va final yo‘llanmasi uchun bahsda KXDR va Yaponiya …
16:19 / 25.09.2026
Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

Toshkent metropoliteniga 56 ta yangi vagon qo‘shildi

2026-yil davomida jami 14 ta zamonaviy harakat tarkiblarini xarid qilish rejalashtirilgan edi. Joriy yil yangi o‘quv yili bo…
14:26 / 26.09.2026
Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur avtobuslarida baland musiqa uchun katta jarima belgilandi

Singapur jamoat transportida boshqa yo‘lovchilarga xalaqit beruvchi xatti-harakatlar uchun yangi jarimalar joriy etildi.
10:37 / 27.09.2026
Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namanganda bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik: gumondor qamoqqa olindi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘z…
17:10 / 25.09.2026
Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengizida oqib ketdi: 9 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida o‘quv-jangovar mashg‘ulotlar vaqtida 19 nafar harbiy xizmatchi Kaspiy dengizida oqimga…
16:22 / 24.09.2026
“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

“Dars” filmi kinoteatrlarda namoyish etila boshlandi

Kechcha, 24-sentyabr kuni O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Dars” badiiy filmining премьераси bo‘lib o‘tdi, bugundan…
13:40 / 25.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!