$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Tez yordam” xizmati uchun 117 ta “Volkswagen Caddy” avtomashinalari hududlarga tarqatildi

14:43 / 23.02.2023

Dunyo tajribasida tez tibbiy yordam xizmatidagi avtotransport vositalarini ishlatish muddati o‘rtacha 5-8 yilni tashkil etadi. Yurtimizda ham foydalanilayotganiga 8 yildan oshgan avtomashinalarni yangilash lozimligi belgilangan.

Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi “103” xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralarini ko‘rmoqda.

Xususan, Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki 220 ta “Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam mashinalari bilan ta’minlangan edi. Bugun esa “Jizzakh Auto” tomonidan ushbu turdagi avtomobillarning 117 donadan iborat navbatdagi partiyasi hududlarga taqdim etildi.

Birinchi bosqichda 230 dona B toifadagi “Ford” reanimobillari Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Toshkent va Samarqand shaharlarida foydalanish uchun yetkazib berildi. Natijada 2022-yilga kelib bunday zamonaviy avtoulovlar soni 541 taga yetdi. Ularni jihozlashda shifokor hamda bemorlarga qulaylik yaratishga alohida e’tibor berilgan.

Ikkinchi bosqichda 1000 dona A toifali tez tibbiy yordam mashinasi xarid qilinishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ushbu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu orqali tizimdagi ma’nan eskirgan “Damas” avtomobillarini yangilash ko‘zda tutilmoqda.

Hozirgacha qariyb 340 ta “Volkswagen Caddy” joylarga yetkazib berildi. Ushbu avtomobillar taqsimoti hududlardagi aholi soni va tez tibbiy yordam mashinalarini yangilash ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantirilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, beshinchi avlod A toifali “Volkswagen Caddy” mutlaqo yangi MQB platformasida ishlaydi. Ular 1,6 MPI atmosferali motor bilan jihozlangan bo‘lib, 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi va 110 ot kuchiga ega. 100 kilometr masofaga avtomobil aralash siklda 7 litr yonilg‘i sarflaydi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit Gʻafurovning ma’lum qilishicha, xarid qilinishi rejalashtirilgan yana 640 ta tez tibbiy yordam mashinasi ham “Hunday”, “Ford”, “Volkswagen”, “Iveco” kabi jahon brendlariga tegishli bo‘lishi kutilmoqda.


Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Saida Mirziyoyeva Parij tinçlik forumida iştirok etdi va Emmanuel Makron bilan uçraşdi

Parij tinçlik forumida Özbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bolalar taqdiri, Samarqandda ilgari…
10:24 / 12.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞ qurollarini xarid qilişni moliyalaştirmaydi

Polşa Ukraina uçun AQŞda işlab çiqarilgan qurol-yaroğ va harbiy texnikalarni xarid qilişga hozirça mablağ ajratmaydi. Boş va…
10:17 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

Issiqxona gazlarini eng ko‘p chiqaradigan davlatlar va sanoat tarmoqlari ma’lum bo‘ldi

2025-yilda dunyo bo‘yicha atmosferaga 54,1 milliard tonna issiqxona gazi chiqarildi. Bu 2024-yilga nisbatan 0,7 foizga, 1990…
09:45 / 13.11.2026
Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkentda qariyb 23 ming yölovçi yöl haqini tölamagani uçun kamida ikki marta jarimaga tortildi

Toşkent şahridagi avtobuslarda yöl haqini tölamasdan harakatlangan 22 929 nafar yölovçi kamida ikki marta ma’muriy javobgarl…
09:58 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkentda öquv markaziga bosqin uyuştirmoqçi bölgan tört kişi uşlandi

Toşkent şahridagi öquv markazlaridan birida saqlanayotgan katta miqdordagi pul mablağlarini bosqinçilik yöli bilan qölga kir…
09:18 / 13.11.2026
Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

Toşkentda 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati qayd etildi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida Toşkent şahrida 15–16 yoşli qizlar örtasida 7 ta homiladorlik holati aniqlangan. Bu haq…
09:55 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!