$
12014.37 UZS
40.93
₽
146.19 UZS
1.66
€
13280.68 UZS
-1.46
31° Kechasi 18°

“Tez yordam” xodimini kaltaklagan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

20:57 / 24.01.2023

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida chaqiruv asosida kelgan “Tez yordam” xodimiga xonadon egasi tomonidan jarohat yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Aniqlanishicha, joriy yil 22-yanvar kuni soat taxminan 16:20 larda Toshkent tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga Qorabo‘riq mahallasidan chaqiriq kelib tushgan. Shundan so‘ng soat 16:30larda TTYO brigadasining erkak xodimlari — shifokor M.M. va feldsher U.U. belgilangan manzilga yetib borgan.

Xonadondagi muzlamada yiqilib, chap qo‘l suyagi yopiq sinishi jarohatini olgan bemor ayolga “103” brigadasi tomonidan darhol birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shu vaqtda uning 1999-yilda tug‘ilgan o‘g‘li O‘.A. xonadonga kirib kelib, “nega ayol hamshira kelmadi”, deya kurakda turmas so‘zlar bilan tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini haqorat qilgan.

Shunga qaramay, tibbiyot xodimlari xizmat vazifasini bajargan va bemorni shifoxonaga olib borgan.

Shu vaqtda ayolning o‘g‘li kelib, janjalni davom ettirgan va feldsher — 1993-yilda tug‘ilgan U.U. ni kaltaklab, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda jabr ko‘rgan "Tez yordam" xodimi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga olib borilgan. Tekshiruvlar natijasida u “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, o‘ng tomon yonoq sohasi ko‘kargan jarohati, o‘ng tomonlama yonoq sohasi va periorbital sohaning teriosti gematomasi” tashxisi bilan shoshilinch neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Hozir bemor belgilangan standartlar asosida tibbiy muolajalarni olmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holatni o‘z nazoratiga olgan. Shuningdek, vaziyatga qonun doirasida huquqiy baho berilishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Ayni paytda 24 yoshli fuqaro O‘.A. ichki ishlar organlari tomonidan prosessual tartibda ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Bu ham qiziq

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkentda uçta yolğon xabar foş etildi: janjal sahnalaştirilgan, xavf haqidagi ma’lumotlar tasdiqlanmagan

Toşkent şahrida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, aholi orasida xavotir uyğotgan uçta holat içki işlar organlari tomonidan örga…
15:39 / 12.11.2026
Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz ta’minoti: aholi va ijtimoiy soha obyektlariga ustuvorlik beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumida aholi, ijtimoiy soha obyektlari va strategik …
16:45 / 14.11.2026
Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Mozori Şarifda Alişer Navoiy yodgorligi qurilişi yakunlanmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov boşçiligidagi Özbekiston delegatsiyasi Afğonistonning Mozori Şarif şahriga taşri…
15:30 / 13.11.2026
Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

Özbekiston xalqaro investitsiyaviy arbitraj işida ğalaba qozondi

2026-yil 26-oktyabr kuni Investitsiyaviy nizolarni hal etiş böyiça xalqaro markaz (ICSID) arbitraj tribunali Turkiya fuqaros…
09:39 / 14.11.2026
Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

Özbekistonda öt öriş pulli böladimi? Rasmiy munosabat bildirildi

12-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda endilikda öt öriş uçun ham çipta sotib oliş va pul tölaş kerakligi haqida x…
09:56 / 13.11.2026
Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Sobiq vazir işi: Vengriyada örmon va omborlardan 19,5 mln dollar topildi.

Vengriyada sobiq boş vazir Viktor Orban hukumatida işlagan vazirga nisbatan korrupsiya işi böyiça ötkazilgan tintuvlarda örm…
17:37 / 15.11.2026
Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgartirildi

Ma’lum qilinişiça, tegişli hujjat 2026-yil 12-noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Unga muvofiq, dorilarni retseptsiz s…
14:24 / 14.11.2026
Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonda yölbars hujumi oqibatida 19 yoşli yigit halok böldi

Pokistonning Lahor şahridagi fermada boqilayotgan yölbars 19 yoşli işçiga hujum qildi. Oğir jarohat olgan yigit şifoxonada v…
10:28 / 14.11.2026
Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda narxlar statistikasini kuzatiş uçun “NarxStat” platformasi işga tuşirildi

Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari, yonilği va uy-joy narxlari böyiça statistik ma’lumotlarni taqdim etuvçi “NarxStat” oçi…
16:42 / 13.11.2026
Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Jensen Xuang atrofidagi mojaro va Nvidia aksiyalari qiymatining pasayişi haqida xabarlar tarqaldi

Nvidia kompaniyasi asosçisi va boş direktori Jensen Xuang atrofida şaxsiy hayoti hamda kompaniya faoliyatiga oid ehtimoliy x…
10:13 / 14.11.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!